Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar (8800)ning boshqa 
schyotlar bilan bog‘lanishi 
 
T/r 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning bog‘lanishi 
Debet 
Kredit 

Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida 
xabarnoma olindi 
4890 
8810, 8820 

Grant va subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar 
olindi 
5110-5530 
4890 
 

Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq 
berilgan grant va subsidiya 
summasi 
korxona ustav kapitali hajmini 
ko‘paytirishga yo‘naltirildi 
 
8810, 8820 
 
8310, 8320, 
8330, 8420 
 

Tegishli tuzulmalarning qaroriga muvofiq 
ilgari berilgan grant va subsidiya summasi 
korxona rezerv kapitali hajmini ko‘payishiga 
yo‘naltirildi 
 
8810, 8820 
 
8530 

A’zolik badallari va boshqa maqsadli 
tushumlar kelib tushdi 
5010-5530 
8830 
 

Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida 
vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari 
hisobga olindi 
 
6410 
 
8840 
 

Soliqqa tortishdan ozod qilish bo‘yicha 
imtiyozli 
davrning 
tugashi 
natijasida 
vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari 
hisobdan chiqarildi 
 
8840 
 
8530 

Boshqa maqsadli tushumlar kelib tushdi 
5010-5530 
8890 
 
16.7. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini tashkil qilish va 
foydalanish hisobi
Subektning hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq (tegishli 
standartlarning talabidan kelib chiqqan holda) joriy davrda sarflangan 
mablag‘larni (ta’mirlash sarflari) va kelgusida kutilayotgan sarflarni (ta’til 
pulini hisoblash) tarmoklarning sarflariga imkoniyati boricha bir tekisda 
qo‘shish maqsadida kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralarini yaratish 
zaruriyati tug’iladi. Ushbu zaxiralashtirilgan mablag‘larning harakatini 
kayd qilish va holatining ustidan nazorat urnatish maqsadida 8910- 
"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti kullaniladi. Masalan, 
ushbu schyotda asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilinadigan sarflar 
kayd kilinishi mumkin. Ishlab chiqarish va muomala xarajatlari hisobidan 
mablag‘larni zaxiralashtirish tegishli qonun va meyoriy hujjatlar hamda 
"Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi 


456 
va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi" to‘g‘risidagi Nizomga 
asosan tartibga solinadi. 
Zaxiralarni hisobga olish muomalalari 8910-"Kelgusi sarflar va 
to‘lovlarning zaxiralari" schyotining krediti va tegishli ishlab chiqarish 
xarajatlari va muomala xarajatlarini hisobga oluvchi 2010, 2310, 2510, 
3100, 9400 schyotlarining debeti tomonida qayd qilib boriladi. 
Zaxiraga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan sarf va 
to‘lovlarning summasi zaxiralarning kamayishiga olib boriladi- debet 
8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti va: 
- kredit 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish"- subektning sexlari 
tomonidan asosiy vositalarni ta’mirlash qiymatiga; 
- ayrim xollarda ilgari kelgusi sarflar tarkibida zaxiralashtirilgan 
material qiymatliklarining sarfi (1000), asosiy vositalarning eskirishi 
(0200), tegishli schyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (8910-"Kelgusi sarflar va 
to‘lovlarning zaxiralari" schyot qatnashmagan holda) xarajatlarga olib 
boriladi. 
U yoki bu zaxiraning tashkil qilinishi va mablag‘larning foydalanishi 
vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) meyor, hisoblar va boshqalarga 
asosan 
tekshirilib 
turiladi, 
zaruriyat 
tug’ilganda 
mukobillash 
(korrektura)tiriladi. 
8910-"Kelgusi sarflar va to‘lovlarning zaxiralari" schyoti bo‘yicha 
analitik hisob xar bir zaxira va to‘lovlar bo‘yicha alohida yuritiladi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling