Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

NOMODDIY AKTIVLAR -Ko‘rib yoki ushlab bo‘lmaydigan, ammo 
korxonaning huquqlari va imtiyozlari. Uzoq muddatli xarakterga ega 
bo‘lgan aktivlari. 
NOU-XAU - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish 
texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qoyish uchun zaruriy ilmiy- 
texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar. 
OBODONLASHTIRISH-pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachi- 
larga ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini 
yaxshilash, yer osti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab 
turish joylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan 
o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish 
ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi 
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati 
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu 
hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari 
pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. 
OFERDRAF - mijoz joriy hisob varagining salbiy qoldig’i bo’lib, 
bank krediti bilan qoplash. 
OPERATIV-TEXNIK HISOB - bu xo‘jalik bo‘limlari tomonidan u 
yoki bu maqsadda yuritiladigan tezkor hisob. 
ORTIQCHA deganda, inventarizasiyadan o‘tkazilgan mulk va 
majburiyatlar haqiqiy holatining hisob ma’lumotlaridan ko‘p chiqishi 
tushuniladi. 
PROGRESSIV XARAJATLAR – subektning ishbilarmonlik 
faoliyatiga nisbatan tezroq o’sadigan xarajatlar. 
PROLONGATSIYA - kelishuv, shartnomalarining amal qilish 
muddatini uzaytirish. 
PUL BADALLARI HAQIDAGI E’LON bilan hisob-kitob 
hisobvarag‘iga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi. 
PUL MABLAG‘LARI korxonaga tegishli naqd pullarni o‘z ichiga 
oladi va bu mablag‘lar korxonaning bankdagi hisob – kitob, valyuta va 
maxsus schyotlarida saqlanadi. 


555 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling