Egamberganova Yulduzning " Yil hikoyasi"


Download 16.49 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi16.49 Kb.
#1016115
Bog'liq
Kutubxona

Xonqa tumani 3-son umum ta’lim


maktabining 8-sinf o’quvchisi
Egamberganova Yulduzning
“ Yil hikoyasi” kitobxonlik tanlovida
“Kutubxonaga hurmat-kitobdan
boshlanadi” mavzusida yozgan
hikoyasi.
Jahonda kitobdin yaxshi yor bo’lmas,
Davr g’amxonasida g’amgusor bo’lmas,
Yolg’izlik kunjida undan har qachon ,
Yuz rohat yetar,lek bir ozor bo’lmas.
(Abdurahmon Jomiy)

Inson hayotida bolalik xotiralari bir umr saqlanib qolar ekan.Har gal ularni


eslaganingda yuraging hapqirip , o’sha davrga qaytging keladi.Afsuski,buning
iloji yo’q . Esimda , uzun qish kechalari bobom oila davrasida Uvaysiy
chistonlaridan , Navoiy , Mashrab , Sa’diy Sheroziy,Maxtumquli g’azallaridan
yod aytib berar, ularning ma’nolarini tushuntirar edi.
Uyimizda kitob javoni bo’lib , unda qator kitoblar bo’lar edi.Mening qalbimda
kitobga , mumtoz adabiyotimizga bo’lgan havas o’sha davrlardan boshlangan
bo’lsa ajab emas.
Kunlardan bir kuni bobom ikki misra she’r aytdi .U ikki misrada o’xshatish
va , mubolag’alar shunday chiroyli qo’llangan ediki , uni eshitgan har qanday
insonning qalbi larzaga kelar edi :
Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo’lsam,
Labing yaprog’idin tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam.
Bobom ushbu g’azal muallifi kim ekanligini va g’azalning davomini topib
berishimni so’radi .Bizning maktabimizda mo’jazgina kutubxona bo’lib ,
unda bir qancha badiiy va ilmiy kitoblar bor edi. Kutubxonachimiz ham
ziyoli , o’qimishli ayol bo’lib , o’quvchilarning talablarini bajarishga ularni
kitob bilan oshno bo’lishlarida astoydil jonbozlik ko’rsatadi.
Men ham g’azalning muallifini va davomini topish uchun kutubxonaga bordim.
U yerdagi kitoblar olami meni o’ziga shu darajada rom etdiki,anchagina vaqt o’tib
qolganini ham sezmay qolibman . Nihoyat men izlagan kitob topildi .Bu g’azal
otashin shoir Hamid Olimjonniki ekan .Yuragim hayajonga to’lgan holda ,
kitobni bobomga eltib berdim . Bobom kitobga tikilib turib , miyig’ida kulib
qo’ydi va boshi osmonga yetdi.Hamisha kutubxona bilan aloqada bo’lishimni ,
kitob insonga sodiq do’st , inson yo’lini yorutguvchi mayoq ekanligini ,kitob
inson ma’naviyatini yuksaltirib ,ulkan cho’qqilarga olib chiqishini uqtirdi.
Men bu kitobni topish asnosida juda ham qiziqarli kitoblar borligiga guvoh
bo’ldim .Shundan keyin kutubxonaga tez-tez boradigan bo’ldim .Keyinchalik
bilsam bobom bu hiylani ,mening qalbimda kitobga mehr , kutubxonaga hurmat
uyg’otish maqsadida qilgan ekan .Men bir umr bobomdan minnatdorman.
Download 16.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling