Egamberganova Yulduzning " Yil hikoyasi"
Download 16.49 Kb.
|
Kutubxona
Xonqa tumani 3-son umum ta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Egamberganova Yulduzning “ Yil hikoyasi” kitobxonlik tanlovida “Kutubxonaga hurmat-kitobdan boshlanadi” mavzusida yozgan hikoyasi. Jahonda kitobdin yaxshi yor bo’lmas, Davr g’amxonasida g’amgusor bo’lmas, Yolg’izlik kunjida undan har qachon , Yuz rohat yetar,lek bir ozor bo’lmas. (Abdurahmon Jomiy) Inson hayotida bolalik xotiralari bir umr saqlanib qolar ekan.Har gal ularni eslaganingda yuraging hapqirip , o’sha davrga qaytging keladi.Afsuski,buning iloji yo’q . Esimda , uzun qish kechalari bobom oila davrasida Uvaysiy chistonlaridan , Navoiy , Mashrab , Sa’diy Sheroziy,Maxtumquli g’azallaridan yod aytib berar, ularning ma’nolarini tushuntirar edi. Uyimizda kitob javoni bo’lib , unda qator kitoblar bo’lar edi.Mening qalbimda kitobga , mumtoz adabiyotimizga bo’lgan havas o’sha davrlardan boshlangan bo’lsa ajab emas. Kunlardan bir kuni bobom ikki misra she’r aytdi .U ikki misrada o’xshatish va , mubolag’alar shunday chiroyli qo’llangan ediki , uni eshitgan har qanday insonning qalbi larzaga kelar edi : Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo’lsam, Labing yaprog’idin tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam. Bobom ushbu g’azal muallifi kim ekanligini va g’azalning davomini topib berishimni so’radi .Bizning maktabimizda mo’jazgina kutubxona bo’lib , unda bir qancha badiiy va ilmiy kitoblar bor edi. Kutubxonachimiz ham ziyoli , o’qimishli ayol bo’lib , o’quvchilarning talablarini bajarishga ularni kitob bilan oshno bo’lishlarida astoydil jonbozlik ko’rsatadi. Men ham g’azalning muallifini va davomini topish uchun kutubxonaga bordim. U yerdagi kitoblar olami meni o’ziga shu darajada rom etdiki,anchagina vaqt o’tib qolganini ham sezmay qolibman . Nihoyat men izlagan kitob topildi .Bu g’azal otashin shoir Hamid Olimjonniki ekan .Yuragim hayajonga to’lgan holda , kitobni bobomga eltib berdim . Bobom kitobga tikilib turib , miyig’ida kulib qo’ydi va boshi osmonga yetdi.Hamisha kutubxona bilan aloqada bo’lishimni , kitob insonga sodiq do’st , inson yo’lini yorutguvchi mayoq ekanligini ,kitob inson ma’naviyatini yuksaltirib ,ulkan cho’qqilarga olib chiqishini uqtirdi. Men bu kitobni topish asnosida juda ham qiziqarli kitoblar borligiga guvoh bo’ldim .Shundan keyin kutubxonaga tez-tez boradigan bo’ldim .Keyinchalik bilsam bobom bu hiylani ,mening qalbimda kitobga mehr , kutubxonaga hurmat uyg’otish maqsadida qilgan ekan .Men bir umr bobomdan minnatdorman. Download 16.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling