Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari
Download 15.5 Kb.
|
Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari
Egiladigan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari. Тemirbeton to’sin egilganda, uning kesimlaridagi eguvchi momentning qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro’y beradi. I bosqichda yuk kam bo’ladi, beton va armaturadagi kuchlanish ham shunga yarasha bo’lib, beton asosan elastik chegarada deformatsiyalanadi. Kuchlanishlar epyurasi siqilish va cho’zilish zonalarida deyarli to’g’ri chiziqli bo’ladi (2.19-rasm,1). Yukning ortishi bilan beton va armaturadagi kuchlanish ortadi, betondagi elastiklik va noelastiklik deformatsiyalar rivojlanadi, kuchlanishlar epyurasi biroz egrilashadi, to’sinning neytral o’qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu bosqich I deb belgilanadi. Mazkur bosqichda betonning cho’zilish zonasi ham darzdan holi bo’ladi, zo’riqishlar butun kesim bo’yicha qabul qilinadi. Kuchlanishlarni aniqlashda elastik qarshiliklar formulasidan foydalanish mumkin. Bosqichning oxirida to’sinning cho’zilgan tola qatlamida kuchlanish betonning cho’zilishidagi mustahkamlik chegarasi Rbt ga tenglashadi. Тemirbeton elementlarining yorilishga bardoshliligi shu bosqich bo’yicha hisoblanadi. II bosqichda betonning cho’zilish zonasida yoriqlar paydo bo’ladi. Yorilgan kesimda betondagi kuchlanish nolga teng deb olinadi. Yoriq bilan neytral o’q orasidagi kichkina cho’zilish zonasi hisobga olinmaydi. Siqilish zonasida betondagi kuchlanish siqilishdagi mustahkamlik chegarasidan kam bo’lib, cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish avval σs ga, bosqich oxirida esa Rs ga tenglashadi. Bu bosqich konstruksiyalarni chegaraviy holatlarini ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi. III bosqich elementning sinishi (buzilishi) oldidagi bosqichdir. Bunda betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi plastik deformatsiyalar evaziga egrilashadi. Betonning siqilish zonasidagi kuchlanish Rs yoki σs ga tenglashadi, cho’zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to’sin bikirligi kamayadi, salqilik tez o’sib borib, to’sin sinadi. III bosqichda to’sinning sinishi cho’ziluvchi armaturaning soni va mexanik xossalariga bog’liq. Agar to’sin o’z me’yorida armaturalangan bo’lsa, sinish cho’zilgan armatura tomonidan boshlanadi. Bunday yemirilish birinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, armaturaning plastik deformatsiyasi va to’sinning salqiligi tez o’sib boradi, buning oqibatida betoning siqilish zonasida kuchlanish mustahkamlik chegarasiga yetadi va beton yemiriladi. Shunday qilib, temirbeton elementi sinishdan ilgari, unda «plastik sharnir» hosil bo’ladi, bu kesimda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi. 46 Bunga asoslanib (A.F. Loleyt taklifiga ko’ra), yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha hisoblash formulalarini, statikaning muvozanat shartlaridan foydalanib chiqarsa bo’ladi. 2.19-rasm. Egiladigan elementlar normal kesimidagi kuchlanishlar epyurasi va ularning kuchlanish va deformatsiyalanish holatining bosqichlari Egiluvchi elementlarda cho’ziluvchi armaturaning miqdori me’yoridan ko’p bo’lsa, yemirilish betonning siqilish zonasida boshlanadi, bunda cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga yetib bormasligi mumkin. Bunday yemirilish ikkinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi (2.19- rasm). Buzuvchi kuchlanishlar hamda chegaraviy holatlar usulining zamirida III bosqich yotadi. Ushbu bosqich konstruksiya elementlarni chegaraviy holatlarining I guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi. 47 Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarning kuchlanish holati bosqichlari. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarda betonni siqish boshlanganida, tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishgacha bo’lgan kuchlanishlar holati bir necha xarakterli bosqichlarga bo’linadi. O’q bo’ylab cho’ziladigan elementga markaziy siquvchi va tashqi kuchlar ta’sirini ko’rib o’taylik. Beton siqilgandan keyin elementda quyidagi kuchlanish holati tarkib topadi: – yo’qoluvchilarning birlamchi turlari sodir bo’lgach betonda σb1, armaturada σsp–σlos1–ασb1; – yo’qotuvlarning hamma turlari sodir bo’lgach, betonda σb2, armaturada σsp – σlos – ασb1 kuchlanish hosil bo’ladi. Bu yerda 1 – indeksi kuchlanishlaridan birlamchi yo’qotuvlar, 2 – indeksi esa barcha yo’qotuvlar ayirib tashlanganligini bildiradi. Elementning bu holatida oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar muqim qaror topgan bo’lib, tashqi kuchlar qo’yilgunga qadar 0 bosqichiga kiritsa bo’ladi. Тashqi cho’zuvchi kuchlar ortgan sari betonda oldindan uyg’otilgan siquvchi kuchlanishlar kamayib, armaturadagi cho’zuvchi kuchlanishlar orta boradi. Betonda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’nganda, armaturadagi kuchlanish σsp2=σsp – σlos bo’ladi. Shu holatdan boshlab element oddiy temirbeton elementi kabi ishlaydi, chunki unda oldindan uyg’otilgan kuchlanishlar so’ngan bo’ladi. Elementning bunday holati 1a bosqichga kiradi. Тashqi kuchlarning yanada ortishi betonda cho’zuvchi kuchlanishlarni paydo qiladi, bu kuchlanishlar orta borib, cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi Rbtga tenglashishi mumkin. Elementning bu holati I bosqichga kirib, elementni yoriqlar paydo bo’lishiga hisoblash ana shu bosqichga asoslanadi. Navbatdagi II bosqichda betonda yoriqlar paydo bo’ladi, biroq, armaturadagi kuchlanish hisobiy qarshilikdan kichikroq bo’ladi. Kuchning yanada ortishi elementda III bosqichni yuzaga keltiradi, bu bosqichda element yemiriladi. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling