Ehm larning rivojlanish tarixi va avlodlari


Download 314.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.01.2022
Hajmi314.62 Kb.
#193221
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Avlod



EHM larning rivojlanish tarixi va avlodlari 

Informatsiya, axborot yoki ma’lumot kabi tushunchalar bizga kundalik hayotimizda 

tanish bo‘lishiga qaramasdan, informatsiya tushunchasining qat’iy ta’rifi mavjud emas. 

Biror o‘rganilayotgan jonli yoki jonsiz obyekt to‘g‘risidagi yig‘ilgan og‘zaki, yozma 

(matn, jadval, rasm-chizma, sxema) yoki boshqa turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar 

(axborotlar) yoki berilgan to‘plamni, biz odatda informatsiya deb qabul qilamiz. XX asr 

o‘rtalariga kelib, bu tushuncha keng ma’noda tushiniladigan «Informatsiya» so‘ziga 

aylandi. Informatsiya so‘zi bilan planetalar bo‘ylab jo‘natiladigan signallardan tortib, to 

o‘simlik va hayvonot olami va hattoki, inson organizmining eng kichik tuzilmalari ? 

genlarida saqlanadigan ma’lumotlar ham ifodalanadi. Lekin, har qanday ma’lumotlar 

to‘plami obyekt to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaydi va shu bilan birgalikda yig‘ilgan 

ma’lumotni tahlil qilish uchun maxsus usullar va texnik qurilmalar zarur bo‘lishi ham 

mumkin. 

Informatsiya bu bizni o‘rab turgan moddiy olamning obyektlari, voqea-hodisalari, 

jarayonlar va ularning o‘zaro ta’siri, rivojlanishi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar 

to‘plamining inson tomonidan, uning sezish organlari yoki yordamchi texnik vositalar 

yordamida anglanishi, o‘rganilishi natijasida hosil bo‘lgan xulosa va ma’lumotlardir. 

Informatsiya odatda uzluksiz (analog) va raqamli (diskret) ko‘rinishlarda bo‘ladi. 

Uzluksiz informatsiyaga misol sifatida odam tovushini, musiqa asarini, raqamli signalga 

esa, 0 va 1 sonlar kombinatsiyalari orqali ifodalangan uzlukli ma’lumotlarni keltirish 

mumkin. 

Informatika ? bu fransuzcha Informatique so‘zi bo‘lib, Information (Informatsiya) 

va Avtomatique (Avtomatika) so‘zlaridan tashkil topgan va informatsiya yig‘ishni, qayta 

ishlashni, uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik 

tarzda amalga oshirishni o‘rganishga bag‘ishlangan fandir. Bu fan G‘arbiy Yevropa 

davlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Yevropa davlatlarida esa 

«Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o‘rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta 

hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir. 

Ikkinchi muhim tushinchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, 

«texnologiya» so‘zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni 

qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash 

maqsadida ishlatiladi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» 

sifatida «informatsiya» qaraladi va u kompyuter-programma va qo‘shimcha texnik 

vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi. 

Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir 

qismi bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, 

apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni 

bajarishga mo‘ljallangan. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, informatika va informatsion 

texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. 

Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. 

Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business 

Machine Corporation) kompyuterlari yetakchi o‘rin tutadi. 

Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning quyidagi 

bir necha muhim davrlarni o‘z ichiga olishini ko‘rish mumkin: 

1.  ibtidoiy hisoblash vositalari va hisob cho‘tlar davri; 

2.  mexanik mashinalar davri; 

3.  elektro-mexanik mashinalar davri; 

4.  elektron hisoblash mashinalari davri. 




Download 314.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling