Ehm larning rivojlanish tarixi va avlodlari


Elektron hisoblash mashinalari davri


Download 314.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana02.01.2022
Hajmi314.62 Kb.
#193221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Avlod

Elektron hisoblash mashinalari davri.Elektromexanik mashinalar ham, o‘z 

navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu 

mashinalarda hisoblash jarayoni ko‘p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal 

aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan, yangi xil mashinalar yaratish 

zaruriyati tug‘ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni 

amalga oshirishga zamin yaratuvchi elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik 

bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo‘lida 1942-45 yillarda, birinchi bo‘lib 

AQSH dagi Pensilvaniya universitetida, axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 

elektron lampalar yordamida ishlovchi raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna 

og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega 

bo‘lgan ulkan elektron hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi. 

1946 yili Amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957 yy) shunday elektron hisoblash 

mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu xil mashinalar hisoblash 

texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal 

rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinrok, AQShda va Buyuk Britaniyada "EDVAK", "EDSAK", 

"SEAK", "BINAK", "UNIVAK" va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yil elektron 

hisoblash mashinalari taraqqiyotining boshlanishi bo‘ldi. 

Sobiq Ittifoqda birinchi elektron raqamli hisoblash mashinasini 1948 yilda rus olimi S. A. 

Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi. Ushbu kichik elektron hisoblash mashinasi 

(MESM) deb nomlangan mashina Ukraina Fanlar akademiyasining Elektronika institutida 

yaratildi. Uning kamchiligi xotirasida axborotni kam miqdorda saqlashi, qo‘polligi, 

amallar bajarishda aniqligi nisbatan kichikligida edi. 

Tarixan qisqa davr ichida EHMning to‘rtta avlodi yaratildi. EHMlarni avlodlarga 

ajratishlarni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik 

xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari asos qilib 

olinadi. 




Download 314.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling