Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan tarixiy ma’lumotlar. O’zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani
Download 1.05 Mb.
|
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan Bobomurodova
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fani.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan tarixiy ma’lumotlar. O’zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika faniBobomurodova FeruzaReja
O`zbekistonda ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fani.
V.I.Romanovskiy 1879 yil 5 dekabrida Qozog‘istonning Verniy (hozirgi Olma-ota) shahrida tug‘ildi. Uning yoshlik yillaridayoq Romanovskiylar oilasi Тoshkentga ko‘chib kelgan edi. U o‘rta maktabni (aniqrog‘i o‘sha paytdagi real bilim yurtini) bitirgandan so‘ng Sankt-Peterburg Universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi. Universitetda unga mashhur rus matematigi Andrey Andreevich Markov (1856-1921) ustozlik qilgan. 1904 yilda V.I.Romanovskiy universitetni a’lo baholar bilan bitirgandan so‘ng uni professorlik lavozimiga tayyorlash uchun magistraturaga qabul qilingan (A.A.Markov rahbarligida). V.I.Romanovskiyning ilmiy va pedagogik faoliyati Sankt-Peterburg Universitetida privant-dotsentlik lavozimidan boshlangan. (1906 y). Keyinchalik u Varshavadagi rus Universitetida, Rostovning Don Universitetida ishlagandan so‘ng 1917 yili Тoshkentga qaytib keladi va mahalliy gimnaziyalarda matematika va fizikadan darslar beradi. 1918 yilda Тoshkentda bir guruh o‘zbek ziyolilarining tashabbusi bilan hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ochildi va tez orada V.I.Romanovskiy bu o‘quv maskanida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling