Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Tasodifiy hodisalar ustida amallar
Download 372.21 Kb.
|
MOHINUR EHTIMOL.docx313
Tasodifiy hodisalar ustida amallar
Biror tajriba o`tkazilgan bo`lib, uning natijasida A va V hodisalar ro`y bergan bo`lsin. Ko`pgina hollarda ehtimolni hisoblash jarayonida o`rganilayotgan hodisalar orasidagn bog`lanishni aniqlash lozim bo`ladi. Shu maqsadda quyida hodisalar tengligi, yig`indisi va ko`paytmasi tushunchalari bilan tanishamiz. 1-ta`rif. Agar tajriba natijasida A hodisa ro`y berganda hamma vaqt V hodisa ham ro`y bersa, A hodisa V ni ergashtiradi deb ataladi va А⊂ V kabi yoziladi. Masalan, tajriba 3 dona yangi nav urug`ni ekishdan iborat bo`lsin. Bu tajriba natijasidan quyidagi hodisalarni tuzamiz: A0 — birorta ham urug` unib chiqmaganligi hodisasi, A1 — 1 dona urug`ning unib chiqish hodisasi, A2 — ikki dona urug`ning unib chiqish hodisasi, A — unib chiqqan urug`lar soni ikkitadan ortiq bo`lmaganlik hodisasi. Ravshanki, bu xolda А0 ⊂ А1, А1 ⊂ А, А2 ⊂ А bo’ladi. 2-ta`rif. Agar A hodisa V hodisani ergashtirsa va o`z navbatida V hodisa A hodisani ergashtirsa, u holda A va V teng kuchli hodisalar deyiladi va A=V kabi yoziladi. 3-ta`rif. Tajriba natijasida yo A hodisa, yoki V hodisa, yoki ham A, ham V hodisalar ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalarning yig`indisi deb ataladi va A + V (1) kabi belgilanadi. 4-ta`rif. Tajriba natijasida ham A hodisa, ham V hodisaning (bir vaqtda)birgalikda ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalar ko`paytmasi deb ataladi va AV (2) kabi belgilanadi. 5-ta`rif. Agar A va V hodisalar bir paytda ro`y berishi mumkin bo`lmagan hodisalar, ya`ni A⋅ V=V bo`lsa, u holda A va V birgalikda bo`lmagan hodisalar deyiladi. Aks holda birgalikda hodisalar deyiladi. Masalan, tangani tashlash natijasida bir vaqtda gerbli va raqamli tomonlar tushish hodisalari birgalikda bo`lmagan hodisalar bo`ladi. 6-ta`rif. Agar A va V hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa, ko`paytmasi esa mumkin bo`lmagan hodisa, ya`ni A+V=U, A⋅ V=V (3) bo`lsa, u holda A va V hodisalar o`zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi. Odatda A hodisaga karama-qarshi hodisaga kabi belgilanadi. Demak, A+ =U, A⋅ =V. (4) 7-ta`rif. Tajriba natijasida A hodisaning ro`y berishdan, V hodisaning esa ro`y bermasligidan iborat hodisa A va V hodisalar ayirmasi deb ataladi va A - V kabi belgilanadi. 1-eslatma. A1, A2, …, Ap hodisalarning yig`indisi va ko`paytmasi yuqoridagidek ta`riflanadi. A1, A2, …, Ap hodisalarni qaraylik. Agar bu hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa bo`lsa, ya`ni A1 + A2 + … + Ap = U (5) bo`lsa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi. Agar A1, A2, …, Ap hodisalar uchun 1o. A1 + A2 + … + Ap = U 2o. AiAj=V i j (i, j=1, 2, …, n) bo’lsa, ya`ni istalgan ikkita Ai va Aj ( i j) (i, j=1, 2, …, n) hodisalar bir vaqtda ro`y berishi mumkin bo`lmasa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo`lmagan hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi. Agarda bir necha A1, A2, …, Ap hodisalardan istalgan birini sinash natijasida ro`y berishi boshqalariga qaraganda kattaroq imkoniyatga (qulaylikka) ega deyishga asos bo`lmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi. Download 372.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling