Uchinchidan, - ishlab chiqarish maishiy madaniyatni shakllantiradi. Oddiygina misol. Dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqat tayyorlashi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o’z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi: - 1.Ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatini sababi va aniq yo’nalishiga asos bo’ladi. 2.Inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o’zgarishi ishlab chiqarishni unga moslashishiga undaydi. 3.Ehtiyojlar avangardlik rolini o’ynaydi, pastdan yuqoriga intiladi.
Butun iqtisodiyot tarixini ma’lum bir ma’noda extiyojlarni shakllanishi tarixi tarzida ko’rish mumkin. - Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi darajasiga ehtiyojlar va ishlab chiqarishning bir-biriga ta’siri asosida erishilgan.
- Jamiyatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonunida o’z ifodasini topadi. Bu qonun ishlab chiqarish va madaniyat rivojlanishi bilan inson extiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdori o’sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi.
Ehtiyojlarni o’zgarishini o’rganish maqsadida statistikada iste’mol tovarlarini asosan uch guruhga bo’lib o’rganiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |