Ek-81 guruh talabasi Raxmatullayev Murodbek


Download 4.28 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi4.28 Kb.
#1834414
Bog'liq
Mening hayot falsafam

.

Ek-81 guruh talabasi Raxmatullayev Murodbek


“Mening hayot falsafam” mavzusida taqdimot
Reja:
1.Talaba hayot faoliyatining xronometraji.
2.Oilaviy ahvolingiz.
3.Mening bir oylik daromad va xarajatlarim.
4.O’n yildan keyin o’zimni qanday tasavvur qilaman.
1.Talaba hayot faoliyatining xronometraji
Men rejali ishlashni yaxshi ko’raman. Tushunarliroq aytadigan bo’lsam qiladigan ishlarimni ya’ni ertangi kunimni rejasini 1 kun oldin tuzib qo’yaman. Talaba bo’lishimdan oldin har kunimda nima qilishimni bilardim. Talaba bo’lib bu yerga kelganimdan so’ng vaqt juda ham tez o’tyapti va men vaqtimni zoye ketkazayotganimni sezdim.Turli xil chalg’ituvchi vositalardan(telefon,kompyuter) ko’p foydalanadigan bo’lib qoldim.
Qo’shimchasiga uyquga ko’p berildim. Avvallari(talaba bo’lishimdan oldin) uyda 6:00 – 6:30 oralig’ida uyqudan turardim va hamma ishimga ulgurardim. O’qishni boshidagi 1 oy uyqudan 9:00 – 9:30 turadigan bo’ldim va hech narsaga ulgurmadim shundan so’ng kunni rejalashtirdim. Hozirda soat 6:00 da uyqudan turaman. Nonushta tayyorlab yegandan so’ng 30 -60 daqiqa badiiy kitob mutoala qilaman. Keyin boshqa ishlarimni qilaman. Uxlash vaqtim ham 23:00 dan kechga qolmaydi.Har kuni ota-onam bilan telefon orqali muloqot qilaman.
2.Oilaviy ahvolingiz.
Biz oilada 4 kishimiz.Men, dadam, oyim va singlim. Xudoga shukur hamma narsa yetarli. Shajaram haqida ma’lumotlarga qiziqaman.Asosan badiiy kitoblar o’qishga qiziqqanim sababli uyda badiiy kitoblar ko’p. Qarindosh va qo’shnilar bilan munosabatimiz zo’r.To’y va boshqa tadbirlarda bir-birimizni qo’llaymiz. Mahallamizga keladigan bo’lsak u faqat hovlilardan tashkil topgan. Eng yaqin, yodhlikdan katta bo’lgan do’stlarim ham mahallada.
FVV akademiyasidagi do’stim bilan uchrashuv:
3.Mening bir oylik daromadim va xarajatlarim.
Men asosan pulni to’g’ri yo’nalishga sarflashga harakat qilyapman. Masalan hozirda ingliz tili kursini davom ettiryapman. Daromadlarga keladigan bo’lsak meni kichik biznesga o’xshagan faoliyatim mavjud.Asosan menga uydagilarim investorlik qilishadi. Shuning uchun ham to’g’ri maqsadda foydalanaman. Xarajatlar ham mavjud. Hozirda ovqatni xonadoshlar bilan pishiramiz.Shuning uchun pul kam sarf bo’ladi.
4.O’n yildan keyin o’zimni qanday tasavvur qilaman.
Men biznes va harbiy sohaga qiziqaman.Biznesga qiziqqanim sababli shaxsiy bizneslar ochmoqchiman ya’ni biznes investor bo’lmoqchiman. Buning uchun harakatdaman. Turmush qurish masalasiga keladigan bo’lsak niyatim o’qishni bitirganimdan so’ng 24-25 yosh oralig’ida.Turmush o’rtoq tanlashda men asosan bilimi, fikrlash darajasi, chiroyiga e’tibor beraman.Kelajakdagi maqsadlarimdan biri ota-onam xohlaganday farzand bo’lish va ularni roziligini olish.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 4.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling