Эко система
Tadqiqot maqsadi va vazifalari
Download 1.63 Mb.
|
kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy yangiligi.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Ushbu magistrlik dissertasiya ishing bajarishdan ko‘zlangan maqsad ekologik monitoring axborot tizimi uchun funksional jadvallar asosida ruxsatni boshqarishning algoritmik modelini ishlab chiqish. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalari bajarilishi lozim: Ekologik ma’lumotlar tasnifi va tuzilishini tadqiq qilish; Ekologik monitoring axborot tizimini ishlab chiqishda Laravel texnologiyasining ishlash prinsipini tadqiq va tahlil qilish; Ekologik monitoring axborot tizimini ishlab chiqishda Laravel texnologiyasining zararli dasturlarga himoya mexanizmini tadqiq qilish va joriy qilish; Ekologik monitoring axborot tizmi xavfsizligini ta’minlashda Erosh nazariyasi asosida bool funksiyalarini ishlab chiqish; Ekologik monitoring axborot tizimida ruxsatlarni boshqarishning funksional jadvallarda qo‘llaniluvchi Petri tarmog‘i semantikasi va tahlilini olib boorish; Ekologik monitoring axborot tizimida ruxsatlarni boshqarishda Np muommosi va uning yechimini tahlil qilish; Ma’lumotlar bazasini shakllantirish va MySQL so‘rovlar tilining zararli dasturlarga himoya mexanizmi tadqiq qilish; Ekologik monitoring axborot tizimi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish. Ilmiy yangiligi. Ekologik monitoring axborot tizimi uchun ruxsatlarni boshqarishning modelida axborot xavfsizligi tizimini tashkil etishda fundamental asoslardan hisoblangan bul algebrasi masalalari ko‘rib chiqilganligi va funksional jadvallarda joylashgan petri tarmoq semantikasi asosida tavsiflanganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Ekologik monitoring axborot tizimida ruxsatni boshqarishning algoritmlari bardoshliligini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borilgan va ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom qilmoqda. Ekologik monitoring axborot tizimini ishlab chiqish va ular uchun funksionallar jadvallar asosida ruxsatni boshqarishning algoritmik modellari bilan bog‘liq tadqiqotlar Gischer, J. L, S. Romer, W. Vogler, U. Montanari, Kleijn, H. C, M. Koutny, McMillan, Meseguer.J, Montanari, U., and F. Rossi, Coja-Oghlan, A., M. O. Stehr, Padberg, H. Ehrig, Petri, C. A, Pinna, G. M., A. Poigne, Pratt, V, J. Engelfriet, W. Reisig, G. Paun, G. Rozenberg, A. Salomaa, Stehr, J. Meseguer, J.L.Vazquez, H.A.Levine, H.J.Fan, Y.W.Qi, M.Chunlai, A.D.Pablo, R.Ferreira, F.Quiros, J.D.Rossi, D.Stan, A.A.Samarskiy, V.A.Galaktinov, Ehrig, G. Juhas, J. Padberg, G. Rozenberg, Springer, Erosh.I.L olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling