Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va xususiyatlari


Atrof - muxitni modellashtirish va prognozlash


Download 197.09 Kb.
bet15/18
Sana16.06.2023
Hajmi197.09 Kb.
#1510547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Atrof - muxitni modellashtirish va prognozlash
Bizni o`rab turgan muxit deganda, inson tomonidan yaratilgan «toza» tabiat va muxit yig`indisi - qayta ishlangan maydonlar, sunoiy bog`lar va xiyobonlar, suv bilan ta`minlangan cho`llar, alohida issiqlik rejimiga, mikroklimatga, turli organik va noorganik moddalarning yuqori darajada aylanishiga va boshqalarga ega bo`lgan yirik shaharlar tushuniladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ular bilan bog`liq bo`lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari dunyoda katta o`zgarishlar bo`lishiga, ya`ni yuqori darajadagi sanoat va qishloq ho`jaligi potentsiali, barcha ko`rinishdagi transportlarning keng rivojlanishi, katta er maydonlarini o`zlashtirishga, sunoiy klimat sistemasini yaratishga va boshqa muvaffaqiyatlarga olib keldi. Shuning bilan bir qatorda atrof-muhit holati birdaniga yomonlashadi. Atmosfera, suv xavzalari va er qatlamlarini qattiq, suyuq va gaz ko`rinishidagi chiqindilar bilan ifloslanishi qo`rqinchli darajaga etib kelmoqda, qayta ishlanmaydigan tabiiy resurslar – birinchi o`rinda foydali qazilmalar va tiniq suv miqdori kamayib bormoqda. Atrof-muxitni yanada yomonlashishi odamzod uchun O`ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko`ra, atrof-muxit muxofazasi xozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bO`lib kelmoqda.
Bu muammo sO`nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning muammosiga aylangan.
Xozir, XXI-asr bO`sag`asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal suroatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko`rsatilayotgan ta`sirni tartibga solish, ijtimoyi taraqqiyot bilan tabiiy muxitni saqlab qolishning o`zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lmoqda.
Havo bo`shlig`ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir.
Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yakin zararli moddalar qo`shilmoqda.
Shularning yarmi uglerod oksidiga to`g`ri keladi, 15% ni uglevodorod chiqindilari, 4% ini oltingugurt qO`sh oksidi, 9% ini azot oksidi, 8% ini qattiq moddalar tashkil etadi va 4% ga yaqini uziga xos O`tkir zaxarli moddalarga tO`g`ri keladi.
Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni echish, atrof-muxitni zararlanishini oldini olish va shu kabi masalalarni taxlil qilish ushbu fan oqimning asosiy vazifasidir. «Atrof-muxitni muxofazalovchi texnikalar» fani zararli chiqindilar, ularning ko`rinishlari, ximiyaviy tarkibi, fizik-ximiyaviy xossalari va zararli chiqindilarni ushlab qolish jarayonlari, kerakli qurilma va jihozlar qatori, ularning taxlili kabi masalalarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi atrof-muxit muxofazasi masalalari Konstitutsiyada va er, er osti boyliklari, suv, o`rmon, atmosfera havosi va xayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining maxsus qarorlarida o`z aksini topgan. Tabiat muxofazasi xozirgi kunda davlatning organik funktsiyasi bo`lib kelmoqda, chunki gap odamlar salomatligi va mamlakat milliy boyligiga tejamkorlik va egalik nuqtaiy-nazaridan yondashish zarurligi haqida ketmoqda.
Ekologiyaga solinayotgan xavf O`zbekiston uchun, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda xukumat va davlat atrof-muxitni ximoya qilish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalana olish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Atrof-muxit muxofaza qilishni ta`minlashga qaratilgan qonun xujjatlari qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining tabiatni muxofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan kushib olib borilmoqda. Atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish oqimni turli jixatlarini tartibga soluvchi kO`plab xilma-xil xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.

O`zbekiston MDX davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolangan Bitimiga muvofiq tuzilgan MDX mamlakatlari Davlatlararo Ekologiya Kengashining tO`la huquqli aozosidir. MDX mamlakatlarining ana shu ekologiya kengashi darajasidagi hamkorligi aozo davlatlarning atrof-muxitni muxofaza qilish sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan saoy-harakatlar qilish maqsadini kO`zlaydi.


Hozirgi paytda respublikada istiqbolga, yaoni atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mO`ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan.
Sanoatning usishi katta hajmda chiqindilar ajralib chiqish jarayoni bilan birga boradi, chunki Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun talab etiladigan xom-ashyoni fakatgina 1/3 qismi sarf bO`ladi, 2/3 qismi esa yordamchi mahsulot va chiqindi sifatida yukotiladi.
Atmosfera havosini eng ko`p ifloslantiruvchi elementlar: uglerod, azot oksidlari, uglevodorod va sanoat changlaridir. Sanoat, issiklik elektrostantsiyalari va transport vositalari atmosferani asosiy ifloslantirish o`chog`laridir. er yuzi atmosferaga yiliga O`rtacha 250 mln. tonna chang, 200 mln. tonna uglerod, 50 mln. tonna azot oksidi va 50 mln. tonna turli xildagi uglevodorodlar tashlanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 460 mln. dan ortiq avtomobillardan foydalanilmoqda. Ular O`zida tahminan 200 moddani jamlangan gazlarni atmosferaga chiqarmoqda. 15 000 km. masofani bosib O`tgan har bir mashina 4350 kg kislota chiqaradi, shu bilan birga 3250 kg uglerod dioksidi, 530 kg uglerod oksidi, 93 kg uglevodorodlar, 27 kg azot oksidi ajratib chiqaradi.

Kimyoviy birikmalar sonining ko'payishi dinamikasi Bugungi kunga kelib, kimyoviy abstraktlarga ko'ra, ma'lum bo'lgan birikmalarning umumiy soni allaqachon 20 milliondan oshgan va har kuni dunyoda o'rtacha 500ga
Aslida, bunday yondashuv to'g'ri deb taxmin qilish uchun hech qanday sabab yo'q: - sun'iy ravishda olingan har qanday kimyoviy birikma (etarli darajada tozalanish sharti bilan) uning tabiiy analogidan farq qilmasligi kerak; - juda ko'p sintetik moddalar mutlaqo zararsiz va odamlarga katta foyda keltiradi; - zararli va hayot uchun xavfli "tabiiy" birikmalar mavjud
Aslida, kimyo zamonaviy jamiyatning tizimni tashkil etuvchi omili, ya'ni uning mavjudligi va ko'payishi uchun mutlaqo zaruriy shartdir.
Birinchidan, chunki kimyo zamonaviy insonni shakllantirishda ishtirok etadi. Uning dunyoqarashidan kimyoviy tushunchalar orqali dunyoqarashni olib tashlash mumkin emas.Bundan tashqari, sanoat tsivilizatsiyasida inson jamiyat a'zosi maqomini saqlab qoladi.
Butun texnosfera - inson atrofida sun'iy ravishda yaratilgan dunyo kimyoviy mahsulotlar bilan tobora to'yingan, ularni qayta ishlash yuqori darajadagi kimyoviy bilim, ko'nikma va sezgi talab qiladi.
Ko'pgina kimyoviy moddalar ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish va ulardan foydalanish jarayonida, shuningdek baxtsiz hodisalar holatida biosferaning turli elementlariga tushadi (tuproq, havo, suv), natijada ular statsionar holatdan ekologik jihatdan taqiqlangan holatga o'tadi – parchalanadi.

Download 197.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling