Ekologik monitoringning tadqiqot tamoyillari va xususiyatlari


Atrof - muxitning asosiy tarkibiy qismlari monitoring


Download 197.09 Kb.
bet3/18
Sana16.06.2023
Hajmi197.09 Kb.
#1510547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Atrof - muxitning asosiy tarkibiy qismlari monitoring
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi nati­jasida jamiyatning tabiatga ta'siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha "monitor" — esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo'ldi.
Monitoring - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma'lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta'sirida o'zgarishini kuzatish, olingan ma'lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yer osti suvlari, tuproq, o'simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kim-yoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma'lum ekologik /sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o'zgarish darajasi hali iflos-lanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Atrof muhit monitoringi. Atrof muhit sifatini boshqarish uchun maxsus kuzatishlar tizimini tashkil etish zaruriyati monitoring g‘oyasini shakllantirishga olib keldi. «Monitoring» termining ilmiy iste’molga kirishi BMTning inson atrof muhitining muammolari bo‘yicha konferensiyasi (Stokgolm shahri, 1972-yil 5-16-iyun) bilan bog‘liq. Bu konferensiyada SKOPening maxsus komissiyasi ekspertlari tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir dastlabki takliflar bildirilgan. «Monitoring» so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “kuzatish, nazorat qilib borish” ma’nolarini anglatadi.
Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining monitoringi va uning sifat ko‘rsatgichlarini (tavsiflarini) geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Monitoring tizimini tashkil etishda bu jihatlarning barchasi albatta e’tiborga olinishi shart emas, ammo atrof muhit holatini nazorat qilishda atrof muhit ifloslanishi va muhofazasi muammolarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Monotoringning antropogen ta’sirning kimyoviy, fizikaviy va biologik manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar tufayli tabiiy muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar samarasini kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda biologik sistemalarning ta’sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda odatda kimyoviy, fizikaviy va biologik ko‘rsatkichlar kuzatib boriladi (Izrael, 1979).
Atrof muhit monitoringi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muhit holatini kuzatish;

  • atrof tabiiy muhitning haqiqiy holatini baholash;

  • atrof tabiiy muhit holatining bashorati va bu holatning bahosi;

Shunday qilib, monitoring – atrof muhit holatini kuzatish, baholash va bashoratlsh tizimidir. Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi:

  • monitoring olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning maydoniga ko‘ra;

  • kuzatish ( atmosfera, okean, tuproq va b.) obyektiga ko‘ra;

  • metodlariga (bevosita asboblar bilan o‘lchash, masofaviy tasvir, bevosita indikatsiya va b.) ko‘ra;

  • kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining darajasiga ko‘ra;

  • ta’sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy) ko‘ra;

  • maqsadlariga (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof muhit tendensiyalarini ochib berish, hodisalarni tadqiq qilish, modellarni baholash va bir o‘lchamga keltirish, qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli xulosalar, tadqiqotlar va bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini optimallashtirish va oshirish, muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni nazorat qilib borish).

Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qi-lishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.

Download 197.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling