Ekologik muammolarga qisqacha yechim shaxobidinov Sarvarbek Sanjarbek o‘g‘li


Download 25.66 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi25.66 Kb.
#1520054
1   2
Bog'liq
EKOLOGIK MUAMMOLARGA QISQACHA YECHIM 2

Axlatlarni yig'ish va olib chiqib tashlash.
Xo'jalik axlatlarini yig'indisi va olib chiqib ketishi turar joylarning sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinishi kerak. Axlatlarni yig'ish uchun 12-15 litr xajmdagi qopqoqni yig'ichlardan foydalaniladi. Bunday yig'ichlar har sutkada bir marta bo'shatiladi.
Chiqindi axlatlarni sanitariya, epidimalogik tomonidan xavfligini hisobga olib, ularni axlat toshiydigan mashinalarga ortayotganda, tushirayotganda iloji boricha odamlar ishtirokini kamaytirish kerak.
Odatda 4-5 qavatli va undan ko'proq qavatli binolarda to'plangan axlatlarni olib chiqib ketishga mo'ljallab har bir uyda yuqoridan pastga o'tadigan quvurlar o'tkaziladi. Axlat tortgich trubalar tik o'rnatilgan kanal bo'lib, har bir qavatning zina pol maydonchasida axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama tuynuklar o'rnatiladi. Imoratning eng pastki qavatida axlat yig'adigan bunker qo'yiladi. Bunker yaqinida vintilyasiyasi o'rnatilgan bo'ladi. Kameradagi bunkerlarni xajmi xonadonlardan va necha marta olib chiqib ketishiga bog'liq..
Hovli joylarda yig'iladigan chiqindi axlatlarni sanitariya talablariga asosan muntazam ma'lum vaqtda maxsus transportlar yordamida olib ketish tartibi ham qo'yiladi. Maxsus jadaval bo'yicha axlati tashuvchi mashinalar yig'ilgan axlatlarni olib ketadi.
Suyuq axlatlarni kanalizasiya quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va chiqindilar kimyoviy usulda tozalangan, zararsizlantirilgach ochiq muhitga tushadi. Axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.
Umuman, aholi turar joylarda to'planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachon gigiena fani tomonidan qarlangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo'l qo'yadigan usuldir. Axlatlarni ikki yo'l zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin.
1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish.
2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.
Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.

Kompost tayyorlashda er tekislanadi, so'ngra garam uzunligi 25-30 metr, eni 3 mertr, balandligi esa 1-1,5 metr qilib tayyorlanadi. Joy tagiga shox-shabba yoki xashak tashlanib, uning ustiga axlat bosiladi. Garan 15-20 sm tuproq bilan berkititladi.



Kompost yetilganda rangi qoramtir jigarrang, hidsiz, pashshalarni o'ziga tortmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach elanadi, ulardan tosh, temir bo'laklari, oyna siniqlari olib tashlanadi. Unsimon bu kompost bir gektar erga 25-50 tonna atrofida solinadi. U tuproq unumdorligini oshiradi.
Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarda o'zlashtirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to'g'risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va halq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta'siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, korxonalar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning suvga bo'lgan xuquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
1994 yil 22 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Qazilma boyliklar haqida” qonuni qabul qilindi. Bu qonun ma'danlarni muhofaza qilish va foydalanishni tartibga solishga qaratilgan. 1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonun qabul qilindi. Unda atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uni zararli moddalar bilan ifloslanishini oldini olish, davlat organlari, korxonalar va fuqarolarning havoni muhofaza qilishdagi xuquqiy vazifalarini tartibga solish va boshqalar qayd etilgan.
Hozirda o'rmonlar, hayvonot olamini muhofaza qilish va foydalanish to'g'risida qonun loyixalari ishlab chiqilmoqda. Yo'qolib borayotgan qimmatli va dorivor o'simliklar va noyob hayvonlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish va foydalanishni yaxshilash bo'yicha Vazirlar Mahkamasining Qarorlari mavjud. O'zida ovchilik va baliq tutish tartiblari yuqorida ko'rsatilgan qonunlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi xududida ovchilik va baliqchilik xo'jaliklarini boshqarish to'g'risida nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida amalga oshiriladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza qilish davlat qumitasining maxsus buyruqlari ham yuridik huquqlarga ega.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan atrof-muhit muhofazasi to'g'risidagi qonunlar, qarorlar, nizomlar va boshqa yo'l-yo'riqlar tabiatdan foydalanishning yuridik jabhalarini asoslaydi. Vazifa ulardan to'lig'i bilan foydalangan holda atrof-muhit muhofazasiga samarali xizmat qilishga butun e'tiborni qaratishdan iborat. Tabiiy muhitni ifloslanayotgan uning boyliklaridan me'yoridan ortiqcha foydalanayotgan, ekologik vaziyatlarni jiddiylashtirayotgan, aholi sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan davlat, xususiy, shirkat, jamoa xo'jaliklari, fuqarolar va boshqalarga nisbatan qonun asosida tegishli tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzuvchilari bilan shug'ullanuvchi muassasalar va shaxslar amalga oshiradilar.






Download 25.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling