Ekologik omillar haqida malumot Abiotik omillar


Download 25.24 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi25.24 Kb.
#1371299
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik omillar


Ekologik omillar

Reja:



Kirish

  1. Ekologik omillar haqida malumot

  2. Abiotik omillar

  3. Biotik va antropagen omillar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish.
Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar” tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin. Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi
Yerda hayot paydo bo`lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o`zgarishlar ta`siriga duch keladi. Bizning ona planetamizda mavjud bo`lgan hayvonlar, o`simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlar sonining serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta`sir ko`rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi. Ma`lumki, yer yuzida uchraydigan turli organizmlarning hammasi o`z-o`zidan yashamaydi, ularning ko`payishi, rivojlanishi va tarqalishi atrof-muhit omillari ta`sirida boradi. Tirik organizmlar o`rab turgan, ularga turli xil yo`nalishda ta`sir qiladigan jonli va jonsiz tabiat kuchlari, komponentlari oddiy bir tabiiy manzara emas, balki bir-biri bilan bog`langan tabiiy ekologik omillar bo`lib, ularga organizmlar moslashadi.


  1. Download 25.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling