Ekologik omillar haqida ma’lumot reja: Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi Ekologik omillar tasnifi
Download 25.63 Kb.
|
EKOLOGIK OMILLAR HAQIDA MA’LUMOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Ekologik omillar tasnifi.
- Muxitning ekologik omillarini tavsiflanishi
- 3.3 Abiotik omillar
EKOLOGIK OMILLAR HAQIDA MA’LUMOT Reja: 1.Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi 2.Ekologik omillar tasnifi 3.Abiotik omillar 3.1 Ekologik omillarning umumiy ta‘rifi. Omillar atamasi bilan muhit, atrofdagi organizm yoki ularning jamoasini sharoit va elementlarining vaqt va makonda dinamik xilma-xilligi tavsiflanadi. Omil-jarayon yoki uning sharoitini, jarayonga ta‘sir etuvchi harakat kuchini yoki qandaydir jarayon yoki hodisaning mavjudlik shart-sharoitini ifodalaydi. Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi. 3.2 Ekologik omillar tasnifi. Ekologik omillar odatda jonsiz (abiotik) tabiat omillari, jonli (biotik) tabiat omillari turkumga bo’linadi. Muhitning ekologik omillarini batafsil tasniflash I.N. Ponomaryova (1978) tomonidan taklif etilgan. Bu taklif 3.1 jadvalda keltirilgan. Ba‘zi mualliflar antropogen omillarni (ularning muhimligi va o’ziga xosligidan kelib chiqib) alohida turkumga ajratishadi. 3.1 – jadvalda keltirilgan tasniflash biogeotsenozni ekotop va biogeotsenozga hamda uning komponentlarini tuzuvchilarga bo’lishga to’liq mos keladi. 3.1 jadval Muxitning ekologik omillarini tavsiflanishi
Omillarning boshqa tasniflari ham mavjud. Masalan, davriylik belgisiga ko’ra omillar davriy va nodavriy, paydo bo’lishiga ko’ra-kosmik, geologik, biologik, tavsifiga ko’ra – axborot, energetik, moddiy va boshqalardan iborat bo’ladi. 3.3 Abiotik omillar. Muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim (harorat, yorug’lik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Lekin aslida epitet g’oyatda shartli ravishda «muhim» hisoblanadi, shunday qilib, qayd etilgan abiotik omillar shu ma‘noda teng huquqligi, hattoki ulardan birontasi bo’lmasa tirik organizmlar uchun halokat hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof - o’simliklar yorug’lik bo’lmasa ham rivojlanadi). Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling