Ekologik tarbiya berish


Download 62.81 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi62.81 Kb.
#1394801
1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIK TARBIYA BERISH

Tabiatni muxofaza qilish


Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi



Keng jamoatchilik

Ifloslangan atmosfera havosi, suv xavzalari, uchib yuruvchi mikroblar va xayvonlar davlat chegarasini bilmaydi. Bu hol birgina davlatni emas, balki barcha davlatlarning o’zaro va xalqaro hamkorlikda bo’lishini talab etadi. Shundagina tabiatni bmuhofaza qilish ishini dunyo manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Demak, tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi:



  • Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va pedagogik tomoni.

  • Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni.

  • Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.

  • Suvni ifloslanishdan saqlash.

  • Manaviy-kommunal, transport, qishloq xo’jaligi chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.

  • Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhining musaffoligini buzmaslik.

  • Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.

  • Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va axolini joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi.

  • Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15].

Atrof-muhit holatini tо‘g‘ri baholash, zarur tadbirlarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir kishida “tabiat –bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori darajada bo’lishligiga erisha olsak ona-tabiat–biosferamiz shunchalik omon va sermahsul, latofatli va maftunkor bo’lib qoladi. Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o’ta muhim davr hisoblanadi. Prof. E. Turdiqulov o’rta maktabda ekologik ta’lim –tarbiyani sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi: I –III, IV –V, VI, VII –IX, X –XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar bog’chada boshlagan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. IV –V sinflarda tabiiyat darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar “Tabiyat” darslaridan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining keng elementlar bilimlari o’quvchilarga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat qanday bo’lishi, tabiiy boyliklardan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi ularga yetkazilishi lozim[6]. VI sinf o’quvchisi insonning tabiatga yetkazilayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’zicha mulohaza qila oladigan, ko’z oldiga keltira oladigan, atrof-muhitda inson ta’sirida bo’layotgan turli o’zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga yetadi.“ Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” kursi o’qitilishi o’quvchini dunyo miqiyosida fikr yuritishiga undaydi. VII–IX sinflarda o’quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni tabiiy boyliklardan foydalanganda atrof-muhitga chiqib kelayotgan turli chiqindilarning tarkibi, ularning yig’ilish makonlari, keltirib chiqaradigan zararli oqibatlari, chiqindilarning kamroq ajralib chiqishini ta’minlash to’g’risida mulohaza yurita olidigan qilib tarbiyalashdir. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi. Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr ilgaridan ma’lum[14]. Bola tug’ilganidan tortib to umrining so’ngi kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini tabiatga nisbatan g’amxor, fidoyi, mehr-muhabbatli bo’lishi haqidagi tarbiya tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qanday mazmunda amalga oshirishi lozim? Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni tarqatuvchisi sifatida o’z xalqining ahloq va tabiat muhofazasi an’analariga suyanishlari lozim. Maktab geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik muammolar mujassamlashgan.
Xulosa.
Demak, bitiruv malakaviy ishimiz mazmunidan kelib chiqib shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O’zbekiston tabiiy geografiya darslarida muntazam ravishda ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilsa, ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, muammoli va modulli ta’lim texnologiyalari metodlaridan foydalanilsa o’quvchilarda o’quv predmetiga, atrof-muxitga nisbatan bo’lgan bilim-ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik bilimlarni tashviqot qilish, o’quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish dars mashg’ulotlarining asosiy mazmunini tashkil etishi kerak. Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, o‘z burchini to‘liq tushunishga qodir, ishning ko‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbdir. Yana shuni ham ta’kidlab aytish kerakki, dars mashg’ulotlarida tabiat bilan jamiyatning o‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish, o‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bo‘yicha dunyoqarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi.



Download 62.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling