5. Avstraliya modeli.
Ilmiy adabiyotlar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, Avstraliya ekoturizmni uning tamoyillariga asoslanib
tashkil qilgan va jahonda ekoturizmni ilmiy-amaliy qoidalariga asosan rivojlantirayotgan lider davlat hisoblanadi. Bu davlat ekoturizmni o‘z davlatining hududlarida tashkil qilganda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat dasturlarini
ishlab chiqadi va hududning tabiiy resurslarini hisobga olgan holda ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Hozirda xalqaro turizmda Avstraliyaning 9 mavzudagi ekoturistik marshrutlari juda ommaviylashgan va katta ekoturistik oqimlarni hosil qilgan xalqaro ekoturistik marshrutlari muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Avstraliya modelining muvaffaqiyat bilan ishlayotganligining eng muhim omillaridan biri shundaki, barcha hududlarda tashkil qilinayotgan ekoturistik xizmatlarga faqat o‘sha hududning mahalliy aholisi xizmatlar ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |