Ekologiya fani maqsad va vazifalari Ekologiyani predmeti Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya»


Download 403.74 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi403.74 Kb.
#1569585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EKOLOGIYA

Chuchuk suv muammosi: Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo'lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to'liq foydalanilgan xolda ularning suvi yetmay qolmoqda.
Pestitsidlardan foydalanish muammosi.
Ushbu zaxarli kimyoviy moddalar guruhiga begona o'tlar, zararkunanda hashoratlar, o'simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida o’rmonchiliklarda, aviatsiadan foydalanish keng ko'lamda atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi shuningdek suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xavfli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga, qo'shilib ketmoqda. Ular tuproq va suvlardan o'simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.
1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.
2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.
3.Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.
4.Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.
5.O'simliklarni biologik himoya qilish.
6.Tirik tabiatdagi o'simlik va hay von turlari sonining qisqarishi muammosi
Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar.
Reja:

  1. Chiqindini qayta ishlash


Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda “chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar” atamalari o`rniga “toza yoki birmuncha toza texnologiyalar” atamalari ham qo`llaniladi.
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.
Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda “xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari” ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.
Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi.
2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi.
Fizika” kursidan ma`lumki, termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, davriy ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficenti (FIK) ni quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin:
Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q2 = 0 yoki sovutgichning harorati T2 = 0 bo`lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo`la oladi. Ammo Nerist ko`rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo`lgan mashinani yasab bo`lmaydi, yoki isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to`liq termodinamikaning II – chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta`riflash mumkin: faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo`lmaydi. FIK 100% ga teng bo`lgan mashinalarga perpetium mobilening ikkinchi turi deb ataydilar va termodinamikaning II – chi qonunini perpetium mobileni ikkinchi turini yasash mumkin emas, deb ta`riflaydilar.
Termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, nazariy jihatdan 100% chiqindisiz texnologiyani yaratish mumkin. Ammo amalda (real hayotda) ishlab chiqarish jarayonlarida energiya isrofi bo`ladi, ya`ni energiyaning ma`lum bir miqdori mashinaning isib ketishiga mumkin. Shuning uchun “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartli bo`lib, uning o`rniga “ekologik toza texnologiya” yoki “ekologiya zararsiz texnologiya” atamalari qo`llaniladi.
Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya – gigienik me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iktisodiy sabablarga kura, xom ashyoning m`lum bir kichik mikdori chikindi bulib kolishi mumkin.


Download 403.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling