Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Ekologiyaning bo`lim va tarmoqlari
Download 73 Kb.
|
Ekologiya faniga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan-texnika rivojlangan hozirgi zamonning
2.Populyatsion ekologiya bir turga mansub bo`lib, ma'lum bir maydoni egallagan o`zaro ta'sirdagi organizmlar tabiiy tuzilmalarining ya'ni polpulyatsiyalarning shakllanishi va dinamikasini o`rganadi. Populyatsiyalar hayotini o`rganish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganish imkonini beradi. Populyatsiyalar dinamikasidagi qonuniyatlarni o`rganish asosida inson ularning biologik mahsuldorligini oshirish sirlarini bilib oladi.
3.Biogeotsenologiya fani populyatsion ekologiyadan kelib chiqqan bo`lib, populyatsiyasidagi ta'limot asosida tabiatdagi ko`pgina murakkab jarayonlarni ya'ni biogeotsenozlarni o`rganadi. Bu fanga ilk bor rus olimi V.N. Sukachev 1940 y. asos solgan. Biogeotsenoz biosferaning kichik bir qismi bo`lib, u o`zining joylashgan o`rni, iqlimi, gidrologiyasi va biotik sharoitiga ko`ra bir xil bo`ladi. Oddiyroq qilib aytganda biogeotsenoz tabiatning ma'lum bir joyida muayyan bir xil sharoitda yashovchi tirik organizmlar majmuasi bo`lib, ular doimo bir-birlarining ta'sirida yashaydilar va tashqi muhit omillarning ta'sirida bo`ladilar. Biogeotsenozlarda jonli va jonsiz tabiat orasida mu'tasil modda va energiya aylanib yurishi tiriklikni davom ettirishga asos soladi. Biogeotsenozlarning jonli tabiati o`simlik (fitotsenoz), hayvon (zootsenoz) va mikroorganizmlardan tashkil topgan. Biogeotsenozlar turli xil bo`lib, muayyan sharoitning tarixi va tabiiy sharoitlariga ko`ra vujudga kelgan bo`ladi. Masalan, tropik mintaqalarga xos o`rmonlarning biogeotsenozlari sovuq tundra biogeotsenozlariga nisbatan boy va mahsuldor bo`ladi. Tabiatda biogeotsenozning turli tirik komponentlari birlashib biologik birlikni ya'ni biotsenozni hosil qiladi. Demak biotsenoz – muayyan bir maydonda yashovchi o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar majmuasidir. Ular doimo bir birlari bilan o`zaro aloqada bo`ladilar. Biotsenoz rivojlanadi, uning rivojlanish sirlarini o`rganish asosida inson o`z faoliyati bilan uni o`ziga ma'qul bo`lib tarafga o`zgartirishi mumkin. Biogeotsenoz biosferaning muayyan bir bo`lagi hisoblanadi. Biosfera – tarkibi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan bog`liq Yer qobig`i bo`lib, u atmosferaning pastki qatlami – troposfera, barcha suvliklar – gidrosfera, hamda litosferaning yuqori qismini qamrab oladi. Undagi barcha jarayonlar o`zaro chambarchas bog`liq bo`ladi. Bu mavzuga keyinroq qaytamiz. Global ekologiya biosferani yaxlitligicha o`rganuvchi fan hisoblanadi. Uning bosh vazifasi antropogen ta'sir natijasida Yer yuzida sodir bo`layotgan o`zgarishlarni o`rganib borishdan iborat.Regional ekologiya Yer yuzining ma'lum joylaridagi ekologik vaziyatni o`rganuvchi fan. Regional ekologiya quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: shahar ekologiyasi, qishloq xo`jalik ekologiyasi va sanoat ekologiyasi.Keyingi yillarda sanoat ekologiyasidan alohida tarmoq sifatida muxandislik ekologiyasi ajralib chiqadi. Muhandislik ekologiyasi ishlab chiqarish jarayonida jamiyatning tabiiy muhitga ta'sirini o`rganadi. Uning predmeti «sanoat-tabiat» tizimi (STT) hisoblanadi. Evolyutsion ekologiya ekologik muhit va unda yashovchi organizmlarning evolyutsion taraqqiyot davomida bir-biriga ta'siri asosida asta-sekin o`zgarib borishi va organizmlarning muhit o`zgarishlariga moslashaborishini o`rganuvchi fan. Fan-texnika rivojlangan hozirgi zamonningmuhim ekologik vazifalariInsoniyat o`z tarixi davomida yashash va hayotini yaxshilash uchun kurashib kelmoqda. Bu kurash uning xo`jalik yurgizishidan iborat bo`lib, bu jarayonda u tabiatdan foydalanib, unga ta'sir ko`rsatib kelayotganligidir. Ishlab chiqarishning benihoya yuksalishi shuni keltirib chiqardiki, jamiyatning ilmiy-texnik va ekologik rivojlanishida ziddiyatlar paydo bo`ldi. Bir tomondan u fan-texnikani yuksaltirsa, ikkinchi tomondan esa atrof muhitni ifloslab ekologik muammolarni keltirib chiqardi.Bunday muammolarni bartaraf qilish insoniyat oldidagi muhim vazifaga aylandi. Ba'zi mutaxassislar muammolarni bartaraf qilish uchun Yer yuzida aholi sonining o`sishni to`xtatish, sanoat ishlab chiqarish hajmini ko`paytirmaslik, atrof muhit muhofazasiga ko`proq mablag`ni yo`naltirish va shu singari g`oyalarni ilgari surdilar. Ammo bu g`oyalarning barchasi ham haqiqatga kelavermaydi. Fan-texnika rivojlangan hozirgi kunda ekologik vaziyatni sog`lom tutish, tabiatda vujudga kelgan muammolarni bartaraf qilish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi zarur: 1)matematikaning sonlar modelidan foydalanib joylardagi atrof muhitning o`zgarishi mumkinligi darajasini oldindan hisob-kitob qilish va korxonalarni shunga qarab joylashtirish. 2)hayot qonuniyatlarini o`rganishda ekologik tizimlarga ko`rsatiladigan antropogen ta'sirni hisobga olish; 3)inson ta'sirida muhitning o`zgarishini oldindan ko`rabilish, muhitning buzilishini bioindikatsiya va monitoring yo`li bilan aniqlab berish; 4)buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash; 5)hali buzilmagan uchastkalarni etalon sifatida saqlab qolish; 6)texnologik, muxandislik va loyihasozlik ishlarida atrof muhitning ifloslanmasligini nazarda tutish. Bu tadbirlar quyidagi ishlarni o`z ichiga oladi: kamchiqit texnologiyani joriy qilish, xomashyo va chiqindilarni to`liq zararsizlantirish, sanoatdan chiqariladigan shuningdek yonilg`i yoqilishidan ajraladigan tutun va gazlarni tutib qolishni joriy qilish, yonish jarayonlari uchun ekologik toza bo`lib yoqilg`idan foydalanish va boshqalar. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling