Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari. Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari Ma'lumki, keyingi paytlarda kundalik turmushimizda «ekologiya»
Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari
Download 98.39 Kb.
|
ekologiya
Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari.
Ekologik vaqt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi. Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha ma’lum ritmga bo‘ysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (o‘zining hayotiy faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) va tashqi xususiyatlarga bo‘linadi. Organizmlarda sodir bo‘ladigan biologik ritmlar ma’lum bir omillar Ta’sirida vujudga keladi. Shuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi. Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorug‘lik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda o‘zgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, ya’ni quyosh faolligining davriy o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi 2 Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar: Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi. Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o‘zgarib turadigan muhit omillariga, ya’ni havo harorati va namlikka, shamol, yorug‘lik va shunga o‘xshash ko‘pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo‘lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug‘lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga yorug‘ va qorong‘i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rol o‘ynaydi. Bu yorug‘lik tartibi sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirish orqali isbotlanishi mumkin. O‘simliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik sikllarni o‘rganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, masalan, loviya o‘simligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi. Nerv sistemalari to‘la shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini o‘rganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «to‘g‘rilangan» ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning yorug‘lik omillariga asoslanib vaqtlarini o‘lchaydi. Asalarilarda olib borilgan kuzatishlar natijasi yuqorida qayd qilingan fikrni to‘la tasdiqlaydi. Parijda asalarilarga alohida kameralarda bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 20.10—15 minutdan 22.10—15 minutga qadar qandli sharbat berib turildi. So‘ngra asalarilar kechki payt samolyotda Nyu-Yorkka jo‘natildi. Ertasi kuni asalarilar Nyu-York vaqti bilan taxminan soat 15.00 da, ya’ni Parijda so‘nggi marta ovqatlanganlaridan keyin roppa-rosa 24 soat o‘tgach shira solingan oxurchaga uchib kela boshladilar. Nyu-York vaqti bilan soat 20.15 dan 22.15 ga qadar esa oxurchaga bironta ham ari uchib kelmadi. Asalarilar Nyu-Yorkdan Parijga ko‘chirilganda ham xuddi shunday natija olindi. Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, hasharotlardagi sutkalik faollikning sozlovchisi asosida neyrogormonal mexanizm yotadi.Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan dastlabki kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, harakat faolligi ritmi tanada maxsus sekretning mavjud bo‘lishiga bog‘liq: halqum osti gangliyasining qorni sathida va qisman yon sathida joylashgan maxsus neyro-sekretar hujayralar ana shunday sekret manbai xizmatini o‘taydi. Agar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga ko‘chirib o‘tkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi ko‘chirib o‘tqazilmasdan oldli donor hasharotda bo‘lgan faollikning paydo bo‘lgani qayd qilinadi. Shu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorug‘likdan qorong‘ulikka o‘tish natijasida kelnb chiqadigan qo‘zg‘alishga bog‘liq bo‘ladi. Download 98.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling