Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari


O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari


Download 210.26 Kb.
bet30/32
Sana20.01.2023
Hajmi210.26 Kb.
#1104876
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari.

O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari.


Ekologik muvozanatining Orol muammosi natijasida o‘zgarib borishi va uni bartaraf etish yo‘llari 
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar tobora jiddiylashib, ayrim o‘lkalarda bu ziddiyat juda chigal va xavfli tus olmoqda. Buning natijasida ekologik vaziyat joylarda, ba’zan tang yoki falokat darajasiga yaqinlashmoqda. Keyingi yillarda noxush hodisalar avvalgi davrlarga nisbatan planetamizda tez-tez qaytarilib, tobora katta hududlarni egalab olmoqda. Hududiy muammolar quruqlik va suv havzalarida, Yer kurasining ma’lum tabiiy chegaralariga ega bo‘lgan ayrim qismlarida tarkib topmoqda. Binobarin, ularning ko‘pincha bir necha davlat, ba’zan esa yirik bir mamlakat doirasida ham rivojlanishi kuzatilmoqda. Shuning uchun ham vujudga kelayotgan ekologik muammolar regional xususiyat kasb etmoqda.
Dunyoda keng tarqalgan hududiy geoekologik muammolar O‘rta, Qora, Azov, Baltik, Shimoliy, Karib dengizlari havzalari, Fors qo‘ltig‘i; quruqlikdagi suv havzalari; Kasbiy va Orol dengizlarii, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko‘llar; Issiqko‘l; yirik daryolar: Dunay, Volga, Missisipi, Reyn va boshqalarga xos.
Demak, ta’kidlab o‘tilganidek, bugungi kunning eng jiddiy muammolaridan biri Orol dengizining qurib borishi va buning natijasida cho‘llashish jarayonining rivojlanishidir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha fikrni bayon etgan: “Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz halok bo‘lgan hol hali ro‘y bergan emas edi”.
Haqiqatdan ham, bugungi kunda ko‘z o‘ngimizda planetamizda eng katta falokatlardan biri sodir bo‘lmoqda. Yer yuzida kattaligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengiz-ko‘li qurib bormoqda, uning o‘rnida ulkan Orol cho‘li tarkib topmoqda, bu jarayonda Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt cho‘llari o‘zaro birlashmoqda. Turon past tekisligining qoq markazida obihayot maskanining yo‘qolib borishi, cho‘llarning kengayishi, o‘lkada cho‘lga aylanish jarayonining avj olishiga sabab bo‘lmoqda.
Orol dengizi va unga yondosh hudud O‘rta Osiyo mintaqaviy-ijtimoiy ekosistemasining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 473 ming kv. km., aholisi esa 35 mln. dan ortiq.
Orol dengizi qit’a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan, tuzli hamda dengiz va ko‘l hislatlariga ega bo‘lgan suv havzasidir. Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv yetkazib beradi.1960 yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tushuvchi suvlari va yog‘in-sochin suvlari dengiz yuzasidan bug‘lanadigan suv hajmiga teng kelar edi.
Sobiq sovet hokimiyati yillarida ilgari ko‘chmanchi chorvachilik va sug‘oriladigan dehqonchilik mavjud bo‘lgan Orolbo‘yi jadal sug‘orishga asoslangan, ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish o‘lkasiga aylandi. Ayniqsa, mustaqillikgacha bo‘lgan chorak asr mobaynida sug‘orish va sanoatni rivojlantirish uchun qaytarilmas suv iste’molining o‘sishi, shuningdek qator yillardagi qurg‘oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga, hatto butunlay to‘xtab qolishiga olib keldi.
Paxta va boshqa ekin maydonlarini sug‘orish uchun suvdan betartib foydalanish, keyingi yillarda Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlari kelib quyilishining keskin qisqarishiga olib keldi. Dengiz sathi 16 metrdan ziyod pasaydi. Suv maydoni 1960 yillar boshlaridagiga nisbatan uch barobarga qisqarib, suv hajmi 60 %ga kamaydi.
Ta’kidlanganidek, Orol sathi 1961 yildan pasaya boshladi. 1961-1970 yillar mobaynida pasayish o‘rtacha 21, 1971-1980 yillarda 68, 1981-1985 yillarda 80 sm ni tashkil qildi.
O’zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, mamlakatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda ma`lum bo’lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o’rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak.

Inson faoliyati ta`sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy jarayonlarga ana shunday ta’sirda yoki munosabatda bo’lishi natijasida XX asr o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta`siri bilan bog’liq.


Inson sivilizasiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq kirib borish oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Chunki yer yuzidagi o’rmonlar qirqildi, katta – katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’tlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari tabiatda toshqinlar, o’rmon yoginlari, chang bo’ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi. Dunyo bo’yicha kuzatiladigan tabiiy, antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday ekologik muammolarga ba`zi bir misollarni keltirib o’tamiz:


1. "Atmosferaning dimiqishi” hodisasi.
2. "Ozon qatlamining siyraklanishi” hodisasi.
3. "Chuchuk suv” muammosi .
4. "Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi” muammosi.
5. "Pestisetlardan foydalanish” muammosi.

Download 210.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling