Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari
O’simliklarning hayotiy formalari
Download 210.26 Kb.
|
Ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari.
O’simliklarning hayotiy formalari
O’simliklar olami vakillarning turlari sharoitiga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi qiyofalariga qarab “daraxtlar”, “butalar”, “chala butalar”, “o’t o’simliklar” va suvda “o’suvchi o’simliklar” nomi bilan atalib kelingan. Bu atamalarga qo’shimcha “o’tsimon”, “daraxtsimon”, “boshoqli”, “turli o’tlar” kabi so’zlar ham ishlatiladi. O’simliklar ekologik formalarni farqlashda “gidrofit”, “nizofit”, “kserofid”, “galofit”, “ekobioforma”, “biologik tip”, “o’sish formasi”, “epiforma” kabi atamalar ham ishlatilib, ular asosan o’simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi. O’simliklar hayotiy formalarning klassfikatsiyasi K.Raunkiyer bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi, ya’ni Fanerofitlar (P). Daraxtlar, butalar, lianlar, epifit o’siliklar bo’lib, ularning qaytadan o’sish kurtaklari havo novdalarida yer yuzasidan 30 sm. Dan yuqori joylashgan; 2. Xamefitlar (Ch). Unga baland bo’lmagan o’simliklar, butalar, chala butalar ularning o’sish kurtaklari qishlovchi novdalarning uchida, yer yuzasidan 20-30 sm yuqori joylashgan bo’lib, qishlashi qor ostida o’tadi 3. Gemikriptofitllar (H). ko’p yillik o’simliklar, ularning asosiy yer usti qismlari qurib, yerga tushib yer ustida joylashgan qayta o’sish ko’rtaklarini berkitadi. 4. Kriptofitlar (K). Bu guruhga juda turli- tuman o’simliklar kiradi. Ularning qayta tiklanish ko’rtaklarini va qiyofasini o’zgartirgan novdalar uchlari yer ostida yoki boshqa substraktlar tagida joylashgan. 5. Tirofitlar (Th). Trofitlar asosan bir yillik o’simliklar bo’lib, quruq yoki sovuq davrlarni spora yoki urug’ formasida o’tkazadi. Ular noqulay sharoitni effektiv o’tkazish uchunmorfologik va fiziologik jihatdan yaxshi moslashgan. Yu. Odum (1971) yashash sharoitiga qarab, o’simliklarni 3 ta hayotiy formalarga bo’ladi: 1. Qurg’oqchilikdan chetlanuvchi bir yillik o’simliklar 2. O’z tanalarida yetarli suv saqlovchi sukkulentlar (kaktuslar) 3. Cho’l butalari, ularning ko’plab shoxchalari, kalta tana asosidan o’sib chiqadi, ustlari mayda, qalin barglar bilan qoplangan. Zamburug’lar olamida quyidagi hayotiy formalar farqlanadi: 1. Mikroskopik metseliyali hujayrasiz turlar 2. Mikroskopik metseliyali hujayrali turlar 3. Mikroskopik bir hujayrali (achitqi zamburug’lar) 4. Makroskopik hayotiy formalar Lishayniklar vakillarida 3 xil hayotiy formalari farqlanadi: 1. Qatqaloqsimon 2. Bargsimon 3. Butasimon hayotiy formalar Download 210.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling