Ekologiya fanining predmeti va vazifalari


Ekologiyaning bo`lim va tarmoqlari


Download 0.84 Mb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1461158
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya fanining predmeti va vazifalari

Ekologiyaning bo`lim va tarmoqlari

Ekologiya ko`p tarmoqli fan. Hozirgi kunda u o`rganadigan sohalar ko`payib, yangi-yangi yo`nalishlar paydo bo`lmokda.

Ekologiya fani 4 bo`limdan iborat. Ular – umumiy ekologiya, global ekologiya, regional ekologiya va evolyutsion ekologiya.

Umumiy ekologiya o`z navbatida ko`yidagi tarmoqlarga bo`linadi: faktoral ekologiya (autekologiya), populyatsion ekologiya (sinekologiya) va biogeotsenologiya.

1.Faktoral ekologiya organizmni o`rab turgan muhit faktorlarining organizmga ko`rsatadigan ta'sirini o`rganadi. Bu faktorlarga ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar 2 guruhga bo`linadi: 1. abiotik omillar – bularga jonsiz tabiat omillari kiradi. Masalan, namlik, yorug`lik, harorat, havo va havo to`lqinlari, edafik, gidrofizik va gidrokimyoviy omillar. 2. biotik omillar - bularga tirik tabiatning omillari, ya'ni o`zaro ta'sirda bo`ladigan organizmlar kiradi.

Abiotik omillar orasida organizmga tez va jiddiy ta'sir ko`rsatadiganlari namlik, yorug`lik va haroratdir. Organizmlar muhitning bu omillariga minglab yillik evolyutsiya davomida moslashib olgan. Shuning uchun ham, masalan tropikadagi organizmlar shimoliy kengliklarda yashayolmadi va aksincha. Chunki bu kengliklarda namlik, yorug`lik va harorat bir-birdan keskin farq qiladi.

Omillar ichida ayniqsa namlikning ta'siri katta. Namlik uch xil ko`rsatgichda bo`ladi: mutloq namlik, eng yuqori namlik va nisbiy namlik. Mutloq namlik – bu 1m3 havo tarkibidagi o`rtacha namlik. Eng yuqori namlik – bu 1m3 havoni to`yintirish uchun sarflanadigan namlik hisoblanadi. Amalda ko`prok nisbiy namlik tushunchasi qo`llaniladi. Bu – mutloq namlikning eng yuqori namlikka nisbatan foiz hisobida olingan miqdoridir. Boshqacha aytganda nisbiy namlik havoning suv bug`lari bilan to`yinganlik darajasini belgilovchi foizli ko`rsatkich hisoblanadi.

Tekshirishlar ko`rsatilishicha quyosh sirtidagi harorat 50000S bo`lib, undan har gektar maydonga yilida o`rtacha 9 mlrd. kaloriya energiya yetib keladi. Uning qariyb yarmi ko`zga ko`rinadigan (to`lqin uzunligi 0,40-0,076 mkm) nur bo`lib, qolgani ko`zga ko`rinmaydigan infraqizil (50%), ultrabinafsha (1%) va radioaktiv nurlardir. Bu nurlar organizmga turlicha ta'sir ko`rsatadi. Masalan, ultrabinafsha nurlarining 0,25-0,30 mkm uzunlikdagi to`lqinlari organizmda «D» vitaminining hosil bo`lishiga yordamlashadi, uning 0,20-0,30 mkm uzunlikdagi to`lqinlari mikroorganizmlarni o`ldiradi (jarrohlikda qo`llaniladigan kvarts lampalari shunday nur beradi), 0,38-0,40 mkm o`zunlikdagi to`lqinlari esa fotosintez jarayoniga qatnashadi. Fotosintez – murakkab fotokimyoviy jarayon bo`lib, u tiriklikning poydevori hisoblanadi. Chunki bu jarayon butun tirik tabiatni ham kislorod va ham ozuqa bilan ta'minlaydi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling