Ekologiya seminar 7 228-guruh Asadbek Tursunboyev Aqliy hujum savollari
Download 182.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Asadbek Turunboyev seminar 7
Ekologiya seminar 7 228-guruh Asadbek Tursunboyev Aqliy hujum savollari 1.Atropogrn omillarning atrof -muhitga kòrsatayotgan salbiy ta'siri 2.Texnogen omillar va ularning ekologiyaga ta'siri 3.Kimyoviy omillar va ularning ekologiyaga ta'siri 4.Kimyo sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta'sirlari natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar Javoblar 1. Tabiatdagi o`simliklar qoplamiga qadim zamonlardan buyon inson u yoki bu darajada ta`sir etib kelmokda. Inson o`simliklar qoplamiga ekologik omil sifatida ongli va ongsiz ta`sir etib keladi. Yerda hayot paydo bo`lgandan buyon insonning biosferadagi ta`siri shunchalik ko`payib ketdiki, hozirgi vaqtda inson ta`siriga uchramagan jamoani topish juda qiyin. Yer yuzida yashayotgan kishilarning ehtiyoji va unga bo`lgan talabini qondirish muammosini o`ylasak, inson tabiatga juda katta ta`sir etuvchi omil ekanligini bilamiz. Ular yiliga millionlab tonna chang-tozonlarni havoga chiqarib yuboradi. Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida suniy omillar (antropogen jarayon) eng kop qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga togri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining osimlik va hayvonot dunyosi, kop asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar kormoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza boladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat meyorida bolsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli osimliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar songgi davrlarda shu darajada meyoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat ozini-ozi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bolib bormoqda. Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini ozlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xojaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral ogitlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bolgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.Gidrosfera (daryolar, kollar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xojaligi va uy-rozg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qoshilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar boylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolarda qoshilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bolmoqda. Hozirgi vaqtda Orta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qoltiqlari eng kop isloflangan.
Download 182.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling