Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan tuban suvo‘tlar morfologiyasi va ekologiyasi
Download 71.41 Kb.
|
kurs ishi
xromatofor ham joylashgan. Xromatofor yuksak o'simliklar bargidagi xloroplast vazifasini bajaradi. Yorug'lik ta'sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo'ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidridva mineral tuzlarni ham po'sti orqali shimib oladi. Xlorella jinssiz –hujayrasining bo'linishi yo'li bila ko'payadi.Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo'lakka bo'linadi va bu bo'laklarning harbirialohida qobiq bilan o'ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqao'ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Banor kelib, qulay sharoit tug'ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning oddiy bo'linishinatijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi.Ular hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yana bir suvo't xlamidomonadadir. U ko'pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba'zan akvarium devorlarida ham o'sadi.Ushbu tartibning vakillari kokkoid strukturali suvo’tlari bo’lib, vegetativ hayoti da-vomida harakatsiz bir hujayrali yoki kolonial bo‘ladi.
Ayrim vakillari jinssiz ko‘payishda zoosporalar hosil qilsa (Suv to’ri, ediast-rum), ayrimlari avtosporalar (Xlorella, Ssenedesmus) yordamida ko‗payish xususiyatiga ega. Vakillarining deyarli hammasi chuchuk suvlarda, tuproqda yoki suvsachratqilarida hayot kechiradi. Ulotrikslar tartibiga kiruvchi suvo‗tlari shoxlanmagan ipsimon strukturali bo’lib, uchki hujayralari ko‗ndalangiga bo‗linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, Ulotriks). Ayrim vakillari plastingkasimon tuzilishga ega bo‗lsada (masalan, Ulva), O’sishining boshlangich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakillaridan biri Ulotriksning (Ulotrix) ipi bir teks joylashgan hujayralardan iborat bo‘lib, pastki qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini bajaradi. Xromatofori hujayra qobigi tagida plastinka shaklidagi, uchlari birlashmagan belbog‗ni eslatadi. Ulotriks vegitativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz ko‗payadi. Jinsiy ko’payishi esa izogamiya usulida bo’lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi. Bu sinfga bir hujayrali kokkid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo’tlar kiradi. Ularning xarakterli belgisi rivojlanish siklida haraktchan stadiyasining yo’qligi va jinsiy ko’payishida oogamiyaning o’ziga xos ko’rinishi hisoblanuvchi ikki vegetativ hujayralarning o’zaro qo‗shilishi yoki «matashishi» (konyugatsiya) bo’lib hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o’ziga xos ko’rinish-da amalga oshadi. Ko’pchilik ipsimon vakillarida yonma yon joylashgan iplar orasida qator o’simtalar hosil bo’lib, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o’tadi va zigota hosil bo’ladi (narvonsimon konyugatsiya). O’simtalar bir ipdagi hujayralar orasida (bir biridan harxil uzoqdagi hujayralar) ham yuzaga kelishi mumkin (yon konyugatsiya). Hosil bo’ladigan zigota koopulyatsion kanal (o’simta) ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi (oraliq konyugatsiya). Matashuvchilarda jinssiz ko‗payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari bo’laklarga bo’linib vegitativ yo’li bilan ko’payishi mumkin. Matashuvchilarning tartiblarga bo’linishiga asos qilib tallomining tuzilishi va zigotalaridan o’sib chiqadigan o‗simtalarining soni olingan. Xara suvo’tlari o’zining yuksak darajad tuzilganligi bilan boshqa suvo‘tlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqbo‘g’imga o’xshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan bo’lib, bo’-g’in va bug’in oraliqlarini hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan bug’in oraligini to’liq egallagan bo’lib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir nechta po’stloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvo’tlarining ayrim vakillarida po’stloq hujayralari bo’lmaydi va Bo’g’in oraligi bir dona uzun hujayradan ibo- rat bo’ladi. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Мустафаев Сю Ботаника 2002 2 Ботаника. Тубан усимликлар Download 71.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling