18
2.2. TOG‘-O‘RMON QO‘RIQXONALARI
O‘zbekistondagi mavjud qo‘riqxonalarning joylashuv o‘rni va hudud
bo‘yicha tarqalish 1993 yilda «Maxus muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida»
qonun qabul qilindi. Unda bunday hududlarni aniqlash, ularni tartibga solish,
muhofaza qilish qonun-qoidalari qayd qilingan. O‘simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolishda,
sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtma qo‘riqxonalar
ahamiyati kattadir. O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan erlarning umumiy maydoni 2
mln. gektardan ortiq. Mamlakatda 9 qo‘riqxona bo‘lib, 5 tasi – tog‘li mintaqada 2
tasi – daryo qayiridagi to‘qayda va 1 tasi cho‘l landshaftlarida joylashgan.
Bular CHotqol tog‘-o‘rmon, Zomin, Nurota, Zarafshon, Hisor,
Surxondaryo, Kitob kabi qo‘riqxonalar tog’ mintaqasiga, Qizilqum va
Bodayto‘qay tekislik mintaqasi qo’riqxonalaridir. Bu qo‘riqxonalarda bioekologik
tadqiqotlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: