Suvda va quruqlikda yashaydiganlar va sudralib yuruvchilar. Quruqliqda
va suvda yashovchilar kam sonli, atigi ikki turdan iborat: to‘qay chekkalarida
tarqalgan yashil qurbaqa va sokin oqadigan xavzalarda uchraydigan ko‘l baqasidir.
Ulardan farqli o‘laroq sudralib yuruvchilar anchagina. Bugunga kelib bu erda
sudralib yuruvchilarning 13 turi topilgan. To‘qayning chekkalarida O‘rta Osiyo
toshbakasi, cho‘l kaltakesagi tez-tez uchrab turadi. To‘qay changalzorlari orasida
to‘rang‘ilning o‘tgan yilgi barglari orasida cho‘l taqirko‘zlisinnng uchrashi odashy
holdir. G‘ira-shirada loydevorli uylarning vayronasidan ovga chiqayotgan Kaspiy
gekkonlarini ko‘rish mumkin. Tezkor va yo‘l-yo‘l kaltakesakchalar qo‘riqxona
hayvonot dunyosiga xos jonivordir.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |