Hayvonot dunyosini muhofaza qilish. O‘zbekiston hayvonlari o‘simliklar
kabi, XX asrning 2-yarmida muhofazaga muhtoj bo‘lib qoldi. Buning asosiy
sabablari – aholi o‘z xo‘jaligi bilan barcha zonalar ichiga tobora chuqur kirib
borishi, tabiiy landshaftlarning madaniy landshaftlar bilan almashinishi, hayvonlar
ekologik muhitining tobora yomonlashuvi va, nihoyat, hayvonlarni ovlashning
ilmiy asoslangan tartibiga qat’iy rioya etmaslikdir.
Tabiiy va ilmiy manbalarda ko‘rsatilishicha, o‘tgan asrning boshlarida
Farbiy Tyanshan tog‘ tizmalarida, Janubiy O‘zbekistonning Bobotog‘,
Ko‘hitangtog‘, Boysuntog‘, Hisor tizmalarida soni keskin kamayib ketgan
hayvonlardan ilvirs, qoplon, Buxoro tog‘ qo‘yi, ko‘ksug‘ur, qizil bo‘ri, tyanshan
oq tirnoqli ayig‘i, yo‘l-yo‘l sirtlon, turkiston silovsini, tog‘ qo‘ylari, qizilqum qo‘yi
va b.ni tez-tez uchratish mumkin edi. Endilikda bu hayvonlarning aksariyat qismi
qo‘riqxonalarda maxsus ko‘paytirilmoqda.
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha keng tarqalgan qushlardan boltayutar, dasht
lochini, pushti saqoqush, birqozon, jajji oqqush, marmarchurrak, oqbosh, o‘rdak,
burgutning to‘rt turi, qumoy, qironqora, lochin, itolg‘i, bizg‘aldoq juda kamayib
ketdi. Ko‘plab hayvonlarning ekologik makoni bo‘lmish tekislikdagi to‘qaylarning
33
Do'stlaringiz bilan baham: |