23
2.3. Cho’l- o’rmon qo‘riqxonalari
O‘zbekistonda tekislik mintaqasida Baday – to‘qay va Qizilqum
qo‘riqxonalarini joylashgan. Ularning tabiiy sharoiti va boyliklari tog’ mintaqasi
qo’riqxonalaridan farq qilsada, O’zbekistonda tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari
bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Boday-to‘qay qo’riqxonasi. O‘tgan asrning 60-yillarida Amudaryo suvi
quyilishining to‘xtashi va to‘qayzorlardan foydalanish kengaygani oqibatida bu
o‘rmonzorlar va hayvonlarning yashash joylari keskin qisqardi. To‘qay
changalzorlari yagona yashash joyi bo‘lgan Buxoro bug‘ularining butunlay qirilib
ketish xavfi tug‘ildi.
O‘zbekiston Respublikasida to‘qay o‘rmonzorlar Amudaryo, Sirdaryo,
Surxondaryo Zarafshon, CHirchiq va Qashqadaryo daryolarining quyi qismi
vodiylarida ensiz tasma bo‘lib tarqalgan (1973).
70-yillarga kelib Badayto‘qay hududining Amudaryo etaklarida to‘qayzor eng
ko‘p saqlanib qolgan hudud ekanligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Unda to‘qayzorga
xos bo‘lgan hayvonot va o‘simliklarning barcha xususiyatli turlari mavjud bo‘lgan.
Ana shularning hammasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yagona qo‘riqxona
barpo etilishiga zamin yaratdi.
«Baday-to‘qay» davlagg qo‘riqxonasi O‘zbekiston hukumatining 1971 yil 26
apreldagi farmoyishiga asosan tabiiy to‘qayzorlar va uning hayvonot dunyosini
saqlab qolish maqsadida barpo etilgan.
Bugungi kunda «Baday-to‘qay» qo‘riqxonasi maydoni 6462 ga maydonni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: