Ekologiya va geografiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
osimlik xuzhajrasining kimyovij tarkibi(1)
3.2. Qo’riqxonalarda uchrovchi turlar Ba’zi hisoblarga yuksak o‘simliklarning umumiy soni 800-900 dan kam emas. Bunda O’rta Osiyo tog o‘simliklarining xos belgilari ancha keng ko‘zga tashlanadi. Qo‘riqxona murakkabgullilar (Compositae), dukkaklilar (Lequminosae), krestgullilar (Cruciferae), ko‘plab boshoqlilar, (Gramineae), soyabongullilar (Umbelliferae) va labgullilar (Labiatae)ra boy. Dukkaklilar ichida ko‘psonli astragallar (Astragalus) o‘rinlidir, Ularning 70 turi topilgan, buning ustiga ularning 6 tasi G‘arbiy Xisorda, 2 tasi faqat Xisor qo‘riqxonasida uchraydi. Faqat qo‘riqxona hududida karraklarning beshta turi uchraydi. Qo’riqxonada ko‘pchilik endemiklar populyasiyasi yaxshi saqlangan. Xisor qo‘riqxonasining ayniqsa Toshqo‘rg‘on qishloq maydonida, Qizilsuv uchastkasining quyi chegaralarida va CHakmonqo‘ydi tog’ massivining Tanhozdaryo va Qizildaryo suv ayirgichlarida endemik turlar ko‘p ro‘yxatga olingan. Palearktika chegarasidagi O‘rta Osiyo togpari mustaqil zoogeografik O‘rta Osiyo Toglari viloya- tini tashkil etadi. SHimoli-G‘arbiy Xisor uning kuyidagi ikki uchastkasi tutashgan erda joylashgan: G‘arbiy-Tyanshan va Tojikiston. O‘rta Osiyo tog‘liklari boshqa tumanlaridagi kabi SHimo- li- G‘arbiy Xisorda palsarkgik fauna elementlari qadimgi O‘rta yer dengizi, Eron-Turon, O‘rta Osiyo, shuningdek, ancha janubiy hindu-ximoloy va sharqiy-Osiyonikiga mos keladi. Hudud hayvonot dunyosi kam o‘rganilgan. Lekin, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra umurtqalilarning 268 ta turi xisobga olingan. Qo‘riqxona suv havzalarida ikki xil baliq, 19 turdagi quruqlik va suvda yashovchi va sudralib yuruvchi jonzotlar, Surhon qo’riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usini saqlash maqsadida tashkil qilingan edi. Morxo‘rlar, Buxoro tog‘ qo‘yi, qushlardan: burgut, boltayutar va boshqalar, shuningdek, morxo‘r va qo‘yni ovlash tasvirlangan jahon ahamiyatiga molik Zarautkamar noyob arxeologik yodgorligi muhofaza etilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling