1935 yilda N.P.Grave To‘rtko‘l shahridan to Chortanbay tabiiy chegarasiga
qadar bo‘lgan to‘qay o‘rmonlarini o‘rganib chiqdi, 1936 yilda kuzatish natijalarini
nashr qildi. Keyinchalik o‘rganilgan to‘qay o‘rmonzorlari, Amudaryo chap - o‘ng
qirg‘oqlaridagi ettita butkul mustaqil o‘rmon maydonlari Baday-To‘qayning
bo‘lajak qo‘riqxona hududiga kiritildi. Muallifning ta’kidlashicha, «Baday-
To‘qay» to‘qayzori va Xo‘jayli o‘rmon xo‘jaligining navqiron o‘rmoniga hali bolta
urilmagan. Olingan ma’lumotlar asosida 1936 yidda «Amudaryo quyi qismidagi
to‘qay changalzorlari» nomli ishi nashr qilindi. «Baday-To‘qay» o‘simliklari
haqida gap ketganda V.P.Drobovning Amudaryo quyi qismidagi to‘qayli daraxt-
buta o‘simliklarining rivoji va ekologik xususiyatlarini qamrab olgan ishi
(1947,1950)ni eslatish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |