Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti vazifalari va rivojlanish tarixi


Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi


Download 76.89 Kb.
bet5/5
Sana08.04.2023
Hajmi76.89 Kb.
#1341902
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qoidalari va prinsiplari

4. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanining rivojlanish tarixi.
Insonda tevarak atrofdagi muhitni saqlashga bo’lgan extiyoj qadim zamonlarda vujudga kelgan. Shuning uchun ham TMQ tarixi insoniyat tarixining ilk davrlariga to"g'ri keladi. Masalan: Foydali hayvonlarni ko’plab qirib yuborish ko’pgina xalqlarda o'lim jazosiga sabab bo'lgan, bu esa TMQ tarixining boshlanishi edi. Qimmatli hayvonlar ov qilinadigan va eyishga yaroqli hayvonlar, yovvoyi hayvonlar, o'simliklar o'sadigan joylar muqaddas deb e'lon qilinib, bu yerda ov qilish va o’simliklarni terish ma'n etilgan. Quldorlik jamiyatida o'rmon va daraxtlarni ko'riqlash haqida qonunlar vujudga kela boshlagan. Qadimgi Misrda uy hayvonlarini o'ldirish zararli va gunoh hisoblanadi. Ma'n etilgan joylarda baliq tutish, tangri yerlari ya'ni ko’riqxonalardan hayvonlarni haydab ketish ham gunoh hisoblan-gan. Feodalizm davrida tabiatni muhofaza qilish konkret shakl oladi. O'z yerlarida ov hayvonlari va boshqa hayvonlarni saqlashdan manfaatdor feodallar ularni qo'riqlash uchun qonunlar chiqara boshladi. qonunni buzgan kishi jazolanar edi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham Prezident I. A. Karimov BMТning 48, 50, 55-sessiyalarida so‘zlagan ma’ruzalarida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global masala qilib ko‘rsatdi.
Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig‘indisiga aytiladi.
Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yektlardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17—19-noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasi darajasiga ko‘tardi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Egamberdiyev R. Ekologiya. T. 1993 y.

  2. Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza qilish. Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y.

4. To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y.
5. Usmonov M.B., Rustamboеv M.X., Xolmuminov J.T. va boshk. Ekologiya xukuki. T.: “Uzbеkiston yozuvchilar uyushmasi” 2001 y.
6. Yormatov D. Norqulov A. Avazov Sh. Sultonov N. Sanoat ekologiyasi «O`zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti. Toshkеnt 2007 y.
Download 76.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling