Ekologiyaning rivojlanish, bo'limlari va metodlari Reja: Ekologiyaning rivojlanishi


Download 51 Kb.
bet1/2
Sana10.12.2020
Hajmi51 Kb.
#163415
  1   2
Bog'liq
Ekologiyaning rivojlanish, bo'limlari va metodlari



Ekologiyaning rivojlanish, bo'limlari va metodlari

Reja:



  1. Ekologiyaning rivojlanishi

Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha

2. Ekologiyaning asosiy uslublari: dala, laboratoriya, ekspemental va matematik model uslublari

O'simlik va hayvonlarga atrof-muhit omillarining ta'sirini o'rganish haqidagi daslabki fikrlar qadimgi yunon faylasuf olimlarining asarlarida aks etgan. X-XII asrlarda O'rta Osiyoning ulug' allomalari al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beraniy, Ibn Sino asarlarida Yerning tuzilishi, dorivor o'simliklar, hayvonlarning yashash joylari haqida ma'lumotlar berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining «Boburnoma» nomli tarixiy asarida O'rta Osiyo va Hindistonning turli o'simlik va hayvonlari, ularning tarqalishi, ko'payish davrlari haqida ko'pgina ma'lumotlar keltirgan.

Tirik organizmlarning yashash muhitini batafsil va chuqur o'rganish XIX-XX asrlarda boshlandi. Atrof-muhitning jonli organizmlar hayotiga ta'sirini o'rganishni nemis olimi Aleksandr Gumbold boshlab berdi. U birinchi bo'lib o'simliklar hayotida muhit omillarining ahamiyatini o'rgandi. XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya yo'nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o'rganishga ekologik yondashuv katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bir qator mamlakatlarda ekologik muammolarni keng qamrab oluvchi asarlar chop etildi. Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o'rin tutadi.

XX asrning 70-yillaridan boshlab insonning tabiatga ta'siri kuchayishi tufayli ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb eta boshladi, «ekologiya» atamasi ham nisbatan kengroq ma'noda qo'llanila boshlandi.

Ekologiyaning rivojlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligining taraqqiyoti natijasida inson salomatligiga ziyon yetkazishni aniqlaydigan, ekologik ofatlarning oldini olishni o’rganadigan yo’nalishlar: “Odam ekologiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi”, “Transport ekologiyasi”, “Sanoat ekologiyasi”, “Tabobat ekologiyasi”, “Geoekologiya”, “Qurilish ekologiyasi” kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda.

Hozirgi vaqtda ekologiya quyidagi bo’limlarga bo’linadi:



  1. Autoekologiya (Schrotes, 1896)- tur vakillarining ekologiyasi;

  2. Demekologiya (yoki demokologiye; Schwertinger, 1963)- populyatsiyalar ekologiyasi;

  3. Eydekologiya (eidos-tur)-turlar ekologiyasi;

  4. Sinekologiya (Schrotes, 1902)- tirik organizmlar jamoasi, uyushmasi birligining ekologiyasi

Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlarayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda, jumladan:

1.Fiziologik ekologiya- tirik organizmlar (mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar)ning yashash joyiga moslashishi ta’sirida kelib chiqadigan fiziologik organizmni o’rganadi.

2.Paleekologiya tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o’rganadi;

3. Evolyutsion ekologiya- tabiatda populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini ekologik mexanizmlari;

4.Morfologik ekologiya – tirik organizmlarning yashish sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalarining tuzilish qonunlarini o’rganadi;

5.Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, tarqalish qonunlarini o’rganadi;

6. Odam ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’ligi, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi;

7. Ijtimoiy ekologiya- jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi

Ekologiya o’rganadigan muammolarning har xilligi turli uslublarni qo’llashni talab etadi.

Ekologiyada quyidagi, ya’ni dala, labarotoriya, eksperimental va matematik model uslublari qo’llaniladi.

1. Dala uslubi yoki tabiiy sharoitda olib boriladigan, o’tkaziladigan kuzatish uslubi;

Dala uslubi bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta- kichik tirik organizmlar guruhlarini tabiiy sharoitda o’rganadi;

2. Laboratoriya eksperiment uslubi- bo’yicha maxsus joylarda, xonalarda turli mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari kichik-kichik chashkalarda, akvariumlarda maxsus ozuqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi. Ularning ko’payish tezligi, biomassa hosil qilishi, fiziologik va bioximik tarkiblari o’rganiladi.

Laboratoriya eksperimental va dala uslublari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, laboratoriya- eksperimental sun’iy sharoitda organizmga ta’sir qilayotgan sun’iy ekologik omillar (yorug’lik, harorat, namlik va boshqalar)ning salbiy va ijobiy ta’sirini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, ekologik omillarning organizmga bir joyda va bir vaqtda bir neja omil (quyoshdan kelayotgan nur, daryoning oqish tezligi)ni birdan boshqarish qiyin.

3. Matematika uslublari va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos ekologik tomonlarni matematik modellar uslubi yordamida aniqlash. V.S.Patten (1971), M.V. Dale (1970) Yu. Odum (1975), T.G.Gilmanov (1980) kabi olimlarning ishlarida o’z aksini topgan.

Ekologik tadqiqotlar davomida olinadigan turli ma’lumotlarning to’g’riligini matematik statistika uslublari bilan har xil variantda olingan materiallar bir- birlariga solishtirib, ular o’rtasidagi farqlar chiqariladi. Masalan: senozlar ichidagi turlarning umumiyligini chiqarishda Sorensen formulasi


yoki Jakar formulalari qo’llaniladi.
Bu yerda: K- umumiy turlar koeffitsiyenti, C- ikkita o’rganilgan joy uchun umumiy turlar soni, a- birinchi o’rganilgan joyning turlar soni, b- ikkinchi o’rganilgan joyning turlar soni.

Hozirgi vaqtda tabiiy biologik voqeliklarning modellashtirish, tirik tabiatning turli jarayonlarini sun’iy yaratish keng qo’llanilmoqda.

Turli matematik yo’llar, modellar, amaliy ekologiya, ekologik modellar yaratish toza matematik yo’nalishlarga xos mutaxassisliklarda chuqur o’rganiladi.

Tabiiy ekologik majmualar quyidagicha matematik ko’rinishga ega bo’ladi.




Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling