Ekonometrik modellashtirish


Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichiari


Download 28.76 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1231221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekonometrik modellashtirish asoslari

3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichiari.


Ekonometrik modellashtirish bosqichlari:
Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To’rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.

Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichiari turli sohalarda, shujumladan, iqtisodiyotda ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Iqtisodiymatematik modellashtirish bitta siklining bosqichiari ketma-ketligi vamazmunini tahlil qilaylik.


Iqtisodiy muammoning qo'yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bubosqich modellashtiriladigan ob'ektning eng muhim xususiyatlari vaxossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob'ektningtuzilmasi va uning elementlarini bog'lovchi asosiy bog'lanishlami o'rganishni;ob'ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’maganda dastlabki)gipotezalarni shakllantirishni o'z ichiga oiadi.
Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoniformallashtirish, uni tayinli matematik bog'lanishlar va munosabatlar(funksiyalar. tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko'rinishida ifodalashbosqichidir. Odatda awal matematik modeining asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so'ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o'zgaruvchiiar vaparametrlarning aniq ro'yxati, bog'lanishlar shakii) aniqlashtiriladi.
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modeiningumumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu yerda tadqiqotning sof matematikusullari qo'llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida yechimning mavjudligi,yagonaligi, yechimga qaysi o'zgaruvchilar (noma'lumlar) kirishi mumkinligi,ular orasidagi munosabatlar, bu o'zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga bog’iq ravishda o'zgarishi, ularning o'zgarish yo'nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modeining analitik tadqiqoti empiric (sonli) tadqiqotiga nisbatari shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalarmodelni tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchinisaqlaydi.
Sonli yechish. Bu bosqich masalani sonli yechish uchun algoritrnlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’kazishnio'z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiymasalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlashzamriyatidan kelib chiqadi.
Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Siklning bu yakunlovchibosqichida modellashtirish natijalarining to'g'riligi va to'laligi, ularning amaldaqo'llanish darajasi haqida muammo ko'tariladi.
Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statisik kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarga asosiangan holda oiibboriladi. Har bir iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro- yoki mikro statistic ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki,statistik ko'rsatkichlar mutloq, nisbiy va o'rtachalardan iborat bo'lib, ular o'zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga ega. Demak,iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistikkuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma'lumotlar ekonometrik xodisalarning statistik bazasini tashkil etadi.
Tuzilgan va o'tgan davrdagi jarayonlami aks ettiruvchi ekonometrik modellar endi prognozlash masalalarini hal etishda foydalaniladi, ya'ni omilbelgilarning kelajakda qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarida jarayondaqanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi masalasi yechiladi.


Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling