Ekonometrik modellashtirish


Download 28.76 Kb.
bet5/5
Sana25.02.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1231221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekonometrik modellashtirish asoslari

Modellarning tuzilishi
Juft regressiya modellashtirishda tadqiqot ob’ektiga ta’sir e’tuvchi asosiy omildan boshqa omillarni e’tiborga olmagan holatda yaxshi natija beradi. Masalan, u yoki bu mahsulot iste’molining daromadga bog’liqligini modellashtirishda tadqiqotchi har bir daromad guruhida iste’molga bir hilda ta’sir etuvchi mahsulot bahosi, oilaning katta-kichikligi, oila tarkibi kabi omillarni ham ta’siri borligini e’tiborga oladi. Shu bilan birga tadqiqotchi bunday holatni har doim ham to’g’ri bo’lishiga ishonmasligi ham mumkin. Daromadni iste’molga ta’siri haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun boshqa ta’sir etuvchi omillarni o’zgarmas deb qarab, ularni korrelyatsiiyasini o’rganish zarur. Bunday masalani echishning to’g’ri yo’llaridan biri, to’plamdan daromaddan tashqari boshqa omillarni bir xil qiymatga ega bo’lganlarini tanlab olishdan iborat. Bu yo’l ximiya, fizika, biologiya tatqiqotlarida qo’llaniladigan tajribalarni rejalashtirish usuliga olib keladi. Iqtisodchida tabiiy jarayonlarni tajribadan o’tkazuvchi tadqiqotchi singari boshqa omillarni boshqarish imkoniyati mavjud emas.

Ekonometrikada qo’llaniladigan tenglamalar tizimi haqida tushuncha
Ijtimoiy fanlarda statistik o’rganish ob’ekti bo’lib murakkab tizimlar hisoblanadi. Bunday murakkab tizimlarni yozish(tasvirlash), ularni harakat mexanizimlarini tushuntirish uchun o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish zichligini aniqlash, alohida regressiya tenglamalarini tuzish etarli emas. Alohida regressiya tenglamalaridan foydalanishda, masalan iqtisodiy hisobkitoblarda ko’pchilik holatlarda argument(omil)larni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’zgartirish mumkin deb faraz qilinadi. Ammo bunday faraz qilish noto’g’ri, amalda bir o’zgaruvchi boshqa o’zgaruvchilar mutlaqo o’zgarmagan holatida o’zgarishi mumkin emas. Bir o’zgaruvchining o’zgarishi butun tizimdagi o’zaro bog’langan belgilarni o’zgarishiga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, alohida olingan ko’p omilli regressiya tenglamasi alohida ko’rsatkichlarni natijaviy o’zgaruvchining o’zgarishiga ta’sirini tavsiflay olmaydi. Aynan shuning uchun keyingi yillarda iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlarda o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanish tarkibini “bir vaqtning o’zida ifodalovchi tenglamalar” deb ataluvchi tizim bilan tasvirlash muammosi muhim o’rinni egalladi. O’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishni bir vaqtning o’zida ifodalovchi tenglamalar “tuzilmaviy tenglamalar” deb ham ataladi. Agar narxning istemol qilinayotgan mahsulot miqdoriga munosabatini ifodalovchi talab modeli o’rganilayotgan bo’lsa, u holda talabni bashoratlash uchun bir paytning o’zida, taklif e’tilayotgan mahsulot va ne’matlarning narxi bilan miqdori orasidagi bog’lanishni ifodalovchi taklif modeli ham kerak bo’ladi. Bu esa talab va taklifni tenglashtirishga olib keladi. Yana boshqa misol, ishlab chiqarish samaradorligini baholashda faqat rentabellik modelini o’zi etarli emas. U yana mehnat unumdorligi modeli hamda mahsulot birligi tannarxi modeli bilan to’ldirilishi zarur. Agar biz mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisoblashlarga o’tadigan bo’lsak, o’zaro bog’langan tenglamalar tizimini qo’llashga bo’lgan talab yanada ortadi.
Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling