Ekonometrik tenglamalar tizimi Sobirov Sobirjon
Download 9.57 Kb.
|
Ekonometrik tenglamalar tizimi-fayllar.org
Mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisob-kitoblarga o‘tishda o‘zaro bog‘liq tenglamalar tizimidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj darajasi yanada ortib boradi. Milliy iqtisodiyot modeli o‘z ichiga quyidagi tenglamalar tizimini oladi: iste’mol, investitsiyalar, ish haqi funksiyalari hamda daromadlar tengsizligi va h.k. Bu shu bilan bog‘liqki, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyot holatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari bo‘lib, ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, iqtisodiyotda pirovard iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga yalpi milliy daromad miqdori investitsiyalar funksiyasi sifatida qarab chiqiladi.Mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisob-kitoblarga o‘tishda o‘zaro bog‘liq tenglamalar tizimidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj darajasi yanada ortib boradi. Milliy iqtisodiyot modeli o‘z ichiga quyidagi tenglamalar tizimini oladi: iste’mol, investitsiyalar, ish haqi funksiyalari hamda daromadlar tengsizligi va h.k. Bu shu bilan bog‘liqki, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyot holatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari bo‘lib, ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, iqtisodiyotda pirovard iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga yalpi milliy daromad miqdori investitsiyalar funksiyasi sifatida qarab chiqiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishda ularni ifodalash uchun faqat ayrim olingan bitta tenglama yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ayrim o‘zgaruvchilar bir-biri bilan shunchalik o‘zaro bog‘langanki, ulardan qaysi biri bog‘liq o‘zgaruvchi, qaysi biri bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi ekanligini aniqlash murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday holatlarga aniqlik kiritish uchun tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarga murojaat qilinadi. Bir vaqtli tarkibiy tenglamalar tizimi qoidaga ko‘ra chiziqli munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Nochiziqli munosabatlar odatda chiziqli tenglamalar bilan approksimatsiya qilinadi. Ta’rif 1. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model bevosita o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tarkibini ifodalaydi va ekonometrik modelning tarkibiy shakli deb ataladi. Ta’rif 2. o‘zgaruvchilarga nisbatan tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model – keltirilgan model yoki modelning redutsirlangan shakli deb ataladi.Bir vaqtli tarkibiy tenglamalar tizimi qoidaga ko‘ra chiziqli munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Nochiziqli munosabatlar odatda chiziqli tenglamalar bilan approksimatsiya qilinadi. Ta’rif 1. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model bevosita o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tarkibini ifodalaydi va ekonometrik modelning tarkibiy shakli deb ataladi. Ta’rif 2. o‘zgaruvchilarga nisbatan tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model – keltirilgan model yoki modelning redutsirlangan shakli deb ataladi. Tarkibiy modelning parametrlari oldindan aniqlangan o‘zgaruvchilarning endogen o‘zgaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini baholaydi. Redutsirlangan model parametrlari endogen o‘zgaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sirlarni baholaydi. Download 9.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling