Ekonometrikaga kirish fan sillabusi


Download 58.59 Kb.
bet2/9
Sana21.01.2023
Hajmi58.59 Kb.
#1107451
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ekonometrikaga kirish sillabus

II. Fanning maqsadi

  • ekonometrik modellashtirish asoslarini o‘rgatish;

  • ekonometrik modellarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash;

  • ekonometrik modellarni tuzishda fazoviy, vaqtli qatorlar va panel ma’lumotlaridan foydalanish;

  • ekonometrik modellar tuzish uchun zarur omillarni tavsiflash;

  • omillar o‘rtasida bog‘lanish zichliklarini hisoblash;

  • gipotezalarni qo‘yish va ularni tekshirishni o‘rgatish;

  • juft va ko‘p omilli ekonometrik modellarning noma’lum parametrlarini aniqlash va baholash;

  • ekonometrik modellar asosida olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish;

  • tuzilgan ekonometrik modellar asosida ko‘rsatkichlarni prognozlash;

  • tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni tuzish;

  • amaliy dasturlardan ekonometrik modellarni tuzishda foydalanish;

  • ekonometrik modellashtirish natijalarni amaliyotda tatbiq etish.



III. Ta’lim berish natijalari
Ushbu fanni muvaffaqiyatli tugatib, talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:

  • Ekonometrikaga kirish fanining nazariy asoslari va usullarini tushunib oladi;

  • Ekonometrikda foydalaniladigan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanishni biladi;

  • To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha tavsifiy statistikalarni hisoblaydi;

  • Ma’lumotlarni normal taqsimotga tekshiradi;

  • Ekssess va asimmetriya koeffitsientlarini hisoblaydi va iqtisodiy talqinini beradi;

  • Jak-Bera statistikasini hisoblaydi va iqtisodiy talqinini beradi;

  • Qo‘yilgan gipotezalarni baholay oladi;

  • Gauss-Markov sharti bajarilishini baholaydi;

  • Ekonometrik modelga kiruvchi omillar o‘rtasida korrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblaydi;

  • Fazoviy, vaqtli qatorlar va panel ma’lumotlari asosida ekonometrik modellarni tuzishadi;

  • Juft korrelyatsiya koeffitsientlari asosida multikolleniarlikni aniqlaydi;

  • Normal tenglamalar tizimini tuzadi va undagi noma’lum parametrlarni hisoblay oladi;

  • Juft va ko‘p omilli chiziqli ekonometrik modellarni tuzadi;

  • Tuzilgan ekonometrik modellarni ahamiyatliligi va ishonchliligini tegishli testlar va mezonlar asosida baholaydi;

  • Trend va ko‘p omilli chiziqsiz ekonometrik modellarni baholaydi;

  • Vaqtli qatorlarning statsionarlik holatini baholaydi;

  • Ekonometrik modellarni tuzishda kompyuter dasturlaridan foydalana oladi;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha prognozlar hisoblarini amalga oshiradi.




Download 58.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling