Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi: Usmonova R. S. Taqrizchilar: I f. d. X. Muxiddinov


Download 341.71 Kb.
bet4/27
Sana17.10.2023
Hajmi341.71 Kb.
#1705482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi (1)

Nazorat savollari.
1. Iqtisodiy ko'rsatkichlarni qanday shakllarda namoyon etish mumkin?
2. Iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlashning qanday usullarini bilasiz?
3. Talab va taklif modelida qaysi o'zgaruvchi bog'liq va qaysi o'zgaruvchi bog'liq emas?
4. Ekonometrik modellarni tuzishda qanday talablar qo'yiladi?
5. Omillar o'lchov birligini tanlashda qanday muammolarga duch kelinadi?
6. Ekonometrik modellarning qanday shakllari mavjud?
7. Ekonometrik modellarda uch va undan ortiq omillar qanasha oladimi?
8. Vaqtli qatorlar deganda nimani tushunasiz?
9. To'g'ri chiziq tenglamasining iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.
10. Qaysi hollarda chiziqsiz modellar tuziladi?
3-mavzu. Ekonometrikada ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari
Reja:
1.Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari.
2. To'plamlar va ularning xossalari.
3. Tasodifiy miqdorlar va ularning xarakteristikalarini hisoblash.


Tasodifiy miqdor X deb, avvaldan noma'lum bo'lgan va oldindan inobatga olib bo'lmaydigan tasodifiy sabablarga bog'liq bo'lgan hamda sinash natijasida bitta mumkin bo'lgan qiymat qabul qiluvchi miqdorga aytiladi.
Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb, ayrim, ajralgan qiymatlarni ma'lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdorning mumkin bo'lgan qiymatlari soni chekli yoki cheksiz bo'lishi mumkin.
Uzluksiz tasodifiy miqdor deb chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan miqdorga aytiladi.
Diskret tasodifiy miqdorning matematik kutilishi deb, uning barcha mumkin bo'lgan qiymatlarini mos ehtimollarga ko'paytmalari yig'indisiga aytiladi:


(1)
Matematik kutilishning xossalari.
1-xossa. O'zgarmas miqdorning matematik kutilishi shu o'zgarmasning o'ziga

teng:
(2)


2-xossa. O'zgarmas ko'paytuvchini matematik kutilish belgisidan tashqariga chiqarish mumkin:
(3)
3-xossa. Ikkita erkli X va U tasodifiy miqdorlar ko'paytmasining matematik kutilishi ularning matematik kutilishlari ko'paytmasiga teng:
(4)
4-xossa. Ikkita tasodifiy miqdor yig'indisining matematik kutilishi qo'shiluvchilarning matematik kutilishlar yig'indisiga teng:


(5)
tasodifiy miqdorning - tartibli boshlang'ich momenti deb , miqdorning matematik kutilishiga aytiladi: (6)
tasodifiy miqdorning - tartibli markaziy momenti deb , miqdorning matematik kutilishiga aytiladi:

Ekonometrikada to'plam iborasi juda keng qo'llaniladi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling