Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi: Usmonova R. S. Taqrizchilar: I f. d. X. Muxiddinov


Download 341.71 Kb.
bet1/27
Sana17.10.2023
Hajmi341.71 Kb.
#1705482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi (1)

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ҚАРШИ МУҲАНДИСЛИК ИҚТИСОДИЁТ ИНСТИТУТИ

АВТОМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ КАФЕДРАСИ






Ekonometrikaga kirish

(ma‘ruzalar matni)

Qarshi – 2012


Tuzuvchi: Usmonova R.S.


Taqrizchilar: i.f.d. X.Muxiddinov
i.f.n. B.Maxmadiyev
Ma‘ruzalar matni to’plami "Iqtisodiyot" va "Kasb-ta’lim iqtisodiyot" yo’nalishlari talabalari uchun "Ekononetrikaga kirish” fanidan foydalanish uchun muljallangan.
Ma‘ruzalar matni «Avtomatika vaaxborot texnologiyalari » kafedrasi majlisida (№_______qaror,________),sanoat texnologiyasi fakulteti uslubiy kengashida (№_______qaror,_______), QMII uslubiy kengashida (№ _______qaror,______) ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.

Annotatsiya.
Ee
Ushbu ma‘ruzalar matnida “Ekonometrikaga kirish” fanining maqsadi va vazifalari, iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi, masalaning qo’yilishi, modellashtirish bosqichlari, modellashtirish usullari, yechilish yullari va yunalishga tegishli ayrim masalalarni matematik modellarini tuzish, bashoratlash modellarini qurish, optimal yechimlarini topishga doir mavzular yoritilgan.

Аннотация.
В этом тексте лекций рассматриваються основы введение в эконометрике, основы эконометрического моделирования, этапы математического моделирования, способы моделирования и методы их решений. Расмотрены математические модели некоторых экономических задач, строение моделей прогноза и нахождение их оптимальных решений.


Kirish

Bizga ma‘lumki, Kibyernetika fani «Tirik mavjudodlar va mashinalar aloqasi xamda ularni boshkarish» xakidagi fan sifatida N.Vinyer tomonidan kashf etildi.


Kibyernetika fanining tez rivojlanishi bir kator unga yakin bo’lgan fanlarni paydo bo’lishiga va jadal rivojlanishiga olib keldi. Bunda matematik modellashtirish xisoblash mashinalari va tarmoqlarni optimal loyixalash kabi xilma-xil kibyernetik masalalarni yechishda biriktiruvchi buginga aylandi.
Matematik model-ob‘ekt yoki jarayonlarning tenglama, tengsizlik, formula, jadval yoki grafik ko’rinishhidagi ifodasidir. Kibyernetika esa murakkab ob‘ektlar aloqalarini va ularni boshkarishni modellashtirish xakidagi umumiy, yagona fandir.
Agar bitta faktorning qiymatini o’zgaruvchi deb qarab, qolganlarini shartli ravishda o’zgarmas deb qarasak, bir faktorli matematik model qurishimiz mumkin.
Agar xamma faktorlarni o’zgaruvchi deb qarasak, ko’p faktorli matematik modelga ega bo’lamiz.
Matematik modellar o’z navbatida statik va dinamik matematik modellarga bo’linadi.
Agar matematik modelning faktorlari xam uzi xam tasodifiy bo’lmasa, bunday model regression model deyilib, bunday modelni kurish jarayoni regression taxlil deyiladi.
Agar matematik modelning faktorlari xam uzi xam tasodifiy bulsa, bunday model korrelyatsion model deyilib, bunday modelni kurish jarayoni korrelyatsion taxlil deyiladi.
Ob‘ektning modelini topish va uni taxlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi.
Matematik modellarning iqtisodiyot muammolarini o’rganishga tatbiq etishni iqtisodiy-matematik modellashtirish, ularni amaliyotda qo’llashga esa iqtisodiy-matematik usullar deb yuritiladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan chiqish yo'llarini chuqur tahlil qilish asosida, uni bartaraf etish choralarini mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta'kidlagan “O'zbekiston hukumati jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan ko'plab resurslarni jamlagan holda, jahon moliya bozorlarida oqilona siyosat olib bordi. Bunday puxta o'ylangan siyosat mamlakatning global iqtisodiy inqiroz ta'siriga samarali qarshi tura olishida muhim omil bo'ldi”1.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida o'zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg'ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni bashoratlash, ko'p variantli echimlardan muqobil echimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda “Ekonometrikaga kirish” fani muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 341.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling