Ekonometrikaga kirish


O’QUV LOYIHASI: “Korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik modellashtirishda qo’llanilishi”


Download 64.14 Kb.
bet3/15
Sana21.01.2023
Hajmi64.14 Kb.
#1107447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
loyiha asosida uqitish texnologiyasi

O’QUV LOYIHASI: “Korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik modellashtirishda qo’llanilishi”
I. LOYIHA TOPShIRIG’I

Iqtisodiy inqiroz davrida jamiyatni oldida turgan asosiy vazifa - murakkab iqtisodiy tizimlarning modellashtirish asoslarini o’rgatishdan, aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellashning qo’yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalarni kompyuter dasturlarida echishdan iboratdir.


Loyihani maqsadi - bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o’rgatishdan, o’rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashni, iqtisodiy dinamikani o’rganishda turli xil funkstiyalar, ekonometrik modellarni yangi axborot texnologiyalar yordamida echish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish kabi bosqichlarni o’rgatishdan iboratdir.
Bu maqsadlarga etish uchun bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmi to’g’risida; bozor iqtisodiyotining tavakkalchilik va noaniqlik elementlarga ega bo’lishini; iqtisodiy ko’rsatkichlarning doimiy o’zgarishda bo’lishini; ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilishda axborotlardan foydalanish bo’yicha; ekonometrik modellashtirish tamoyillari to’g’risida; ekonometrik modellar tuzishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha; iqtisodiy tizimlarning faoliyat ko’rsatish samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar to’g’risida tasavvurga ega bo’lmog’ligi talab etadi. Adekvat va mustahkam ekonometrik modellarni to’g’ri tuzish tuzuvchilarning malakalariga bog’liq. Ekonometrik modellarni aniq iqtisodiy tizim va jarayonlarga qo’llay olish natijalariga erishish lozim.
Korrelyastion-regression tahlilning ekonometrik modellashtirishda qo’llanilishda asosiy omil va unga ta’sir etuvchi omillar tarkibi, modelda qatnashadigan omillarning statistik qiymatlari, necha yil davomida yoki qancha kuzatuvlar davomida olingan iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar o’z aksini topishi lozim.

Download 64.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling