Ekonometrikaga kirish


Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari


Download 64.14 Kb.
bet9/15
Sana21.01.2023
Hajmi64.14 Kb.
#1107447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
loyiha asosida uqitish texnologiyasi

Muvaffaqiyatli taqdimot sirlari:

  • Doimo ishonch bilan so’zlang.

  • Aniq va o’z o’rnida gapiring.

  • Intonastiya (ifoda) ning muhim lahzalarini ajratib ko’rsatgan holda fikringizni tugallangan iboralar bilan bayon eting.

  • Bir xil va sekin gapirmang, lekin haddan tashqari baland gapirish noto’g’ri.

  • Muloyim va e’tiborli bo’ling, keskinlikni namoyon etmang, bag’rikeng (tolerant) bo’ling.

  • Doimo tabassum bilan boshlang va yakunlang, lekin me’yorni saqlang.

  • «Bo’lishi mumkin», «Kim biladi?», «…ehtimol» va h.k. kabi ifodalarni qo’llamang. Bunday ifodalar sizning nutqingizni noaniq qilib qo’yadi, Siz qat’iylikni yo’qotishingiz mumkin.

  • Yuzma-yuz aloqani saqlang − tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir ishtirokchiga 3 soniyadan).

  • Oyoqlaringizni chalishtirmang, qo’llaringizni orqangizda ushlamang, stolga, minbarga tayanmang, imo-ishorani kamaytiring, ruchkani, markerni o’ynamang, elpig’ich va varaq bilan elpinmang va h.k.

  • Javob va takliflarga har gal minnatdorchilik bildiring!

5.Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi:

  • har bir talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida (mavzular bo’yicha) qismlari (eng yuqori 15 ball);

  • hisobot (eng yuqori 8 ball);

  • MS Power Point loyiha taqdimoti (eng yuqori 7 ball);

  • og’zaki taqdimot va loyiha himoyasi (eng yuqori 5 ball).



5.1. Bajarilgan loyiha bo’yicha mahsulotni baholash




Baholash mezoni

Baholash ko’rsatkichlari

1.

Loyiha mazmunini belgilangan maqsadga muvofiqligi

Belgilangan maqsadga loyiha mazmuni mos kelsa, maks. 3 ball

2.

Loyiha: mavzuga oid bo’lgan etarli miqdorda, sifatli axborotdan iborat



- Firmaning asosiy ko’rsatkichlarini eng yaxshi bashoratlashtiruvchi ekonometrik model yaratilgan bo’lsa, maks. 5,0 ball:
- maxsus kompyuter dasturida miqdoriy echim olingan bo’lsa;
- olingan natijalar iqtisodiy tahlil qilingan bo’lsa;
- iqtisodiy tahlil asosida firma rahbariga optimal qaror qabul qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lsa;
- yaratilgan ekonometrik modelni boshqa faoliyatda qo’llash mumkin bo’lsa.

3.

Axborotning rasmiylashtirilishi

Agar axborot talab darajasiga muvofiq kelsa: sarlavha, matn tarkiblashtirilgan bo’lsa, 0,5 ball

Namoyish etuvchi material (jadval va chizmalarda) bo’lsa, maks.0,5 ball:
- ma’lumot mazmunini to’liq aks ettiradi;
-standart talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan




Download 64.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling