Ekosistema to'ѓrisida ta'limot


Download 25.16 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1678861
Bog'liq
Ekosistema to\'ѓrisida ta\'limot


Ekosistema to'ѓrisida ta'limot 

Bitta umumiy arealda yashaydigan ћar xil turlarning populyatsiyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshќa organizmlar va o'lik tabiatning ta'sirida bo'lishi bilan birga o'z navbatida o'zlari ћam ularga ta'sir ko'rsatadi. 


Bir-biri bilan va atrof-muћit bilan o'zaro munosabatda bo'lgan organizmlarning populyatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki biogeotsenozlar deb ataladi. Boshќacha ќilib aytganda, biogeotsenoz – bir-biriga boѓliќ biotik va abiotik tarkibiy ќismlardan iborat kompleks joylashgan er yuzasining bir ќismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o'simliklar va ximosintezlovchi mikroorganizmlar) ћamda geterotrof organizmlar (ћayvonlar, zamburuѓlar, ko'pgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning erga yaќin ќatlami, undagi gaz va issiќlik resurslari, ќuyosh energiyasi, tuproќ va uning suv mineral resurslari esa jonsiz komponentlarga kiradi. 
Ћar bir biotsenozda erning geologik tuzilishi, tuproќ, iќlim sharoitlari, suv rejimi, o'sha joyda o'sib unadigan o'simlik va ћayvonlar bir-biriga monand va o'zaro boѓlangan bo'ladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan. Keyinchalik 1940 yilda akademik V.N.Sukachev ekosistema tushunchasini biogeotsenoz deb atashni taklif etdi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan tashќari ћamma narsa kiradi. Biogeotsenoz taraќќiy etib va o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar kishilar, muћit va ћattoki uzoќ kosmosning ћam ta'siri ostida ro'y beradi. Beogeotsenozni o'rganish ќishloќ xo'jaligi va ayniќsa, o'rmon xo'jaligini rivojlantirishda katta aћamiyatga ega. 
Ekosistemaning maћsuldorligi u yoki bu ekosistema orќali o'tadigan energiya oќimiga boѓliќdir. Ќuyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki maћsulotlarni ћosil ќiluvchi biotik komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki ћosil ќiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to'playdigan energiya tezligi birlamchi maћsulot deb ataladi. Bu eng muћim parametr bo'lib ekosistemadagi biomassa miќdori shunga boѓliќ bo'ladi. 
Ma'lumki, o'simliklarga tushadigan ќuyosh energiyasi ћar xil miќdorda bo'ladi. U ko'pincha geografik kenglikka, o'simliklar ќopla¬mining taraќќiyot darajasiga boѓliќ. O'simliklarga tushadigan ќuyosh energiyasining taxminan 95 - 99% shu zamoniyoќ ќaytariladi, u yoki issiќlikka aylanadi yoki suvni buѓlatishga sarf bo'ladi va faќatgina 1 - 5% xlorofill tomonidan ќabul ќilinib organik molekulalarni ћosil ќilishga sarf bo'ladi. O'simliklar ќabul ќilgan energiyaning taxminan 20% nafas olish yoki fotonafas olishga sarf bo'ladi. Undan ќolgan energiyaning organik moddalarni ћosil ќilishga ketgan ќismi sof birlamchi maћsulot (SBM) deyiladi. 
Birlamchi maћsulotning maћsuldorligi yozda ќishga nisbatan ko'p bo'ladi. Bir organizmlarni ikkinchi organizmlar eganda (iste'mol ќilganda) ovќat (modda va energiya) bir trofik darajadan ikkinchi trofik darajaga o'tadi. Ћazm ќilinmagan ovќat keyinchalik chiќarilib tashlanadi. Ovќat ћazm ќilish organlari bo'lgan ћayvonlar ќoldiќlarni ekskrementlar (chiќindilar) sifatida tashќariga chiќarib tashlaydi. Bu chiќindilar tarkibida ћam ma'lum miќdorda energiya saќlanadi. 
Ћayvonlar ћam, o'simliklar ћam nafas olgan vaќtlarida energiyaning ma'lum bir ќismini yo'ќotadilar. Nafas olish jarayonidan, ovќat ћazm ќilishdan ћamda chiќindilardan ќolgan energiya o'simlik va ћayvonlarning o'sishi, ko'payishi va ћayot faoliyatini ta'minlashga sarf bo'ladi. Geterotrof organizmlar tomonidan tayyorlangan (to'plangan) organik moddalar miќdori ikkilamchi maћsulot deb ataladi. 
Ovќat zanjirining ћar bir bo'limi (zvenosi)da bir ќism energiya yo'ќoladi. Demak, ovќat zanjirining uzunligi ko'pincha shu energiyaning yo'ќolishi bilan chegaralanib turadi. 
O'simliklar tomonidan ќabul ќilinadigan yoruѓlik energiyasi miќdorining dastlabki sof maћsulotga bo'lgan nisbati ancha kattadir. Energiyaning keyingi bir-biriga berilishi (o'tishi) birlamchi o'tishga nisbatan ancha natijalidir. Masalan, o'simliklardan o'txo'r ћayvonlarga o'tadigan energiyaning o'rtacha effektivligi 10 % ni tashkil ќilgan ћolda, ћayvonlardan ћayvonlarga o'tadigan energiyaning effektivligi 20 % bo'ladi. Umuman, o'txo'r ћayvonlarda yirtќichlarga ќaraganda ћazm ќilish effektivligi past bo'ladi. Buning sababi shuki, o'simliklarda ko'proќ yoѓochlik va tselyulloza bo'lib, ћayvonlar organizmida yaxshi ћazm bo'lmaydi, energiya manbai bo'lib ћisoblanmaydi. 
Nafas olish jarayonida yo'ќotilgan energiya boshќa organizmlarga o'tmaydi. Ekskrementlarda metabolizm ќoldiќlaridagi energiya esa detritofag va redutsetlarga o'tadi ћamda ulardagi energiyalar ekosistemada ќoladi. Detrit zanjirlari o'lik organizmlar va o'simliklar ќoldiќlaridan boshlanadi (to'kilgan barg va poyalar). To'ѓridan-to'ѓri detritlarga va redutsentlar oziќa zanjiriga o'tuvchi dastlabki toza maћsulotlar ћamma ekosistemalarda ћam bir xilday emas. O'rmon ekosistemalarida dastlabki maћsulotlarning ko'p ќismi detrit zanjiriga o'tadi. Shu sababli o'rmon ostidagi ќoldiќlar konsumentlar aktiv faoliyati uchun ќulay sharoitdir. Biroќ dengiz ekosistemalarida ћam intensiv foydalanadigan yaylovlarda dastlabki maћsulotning yarmidan ko'pi yaylov oziќa zanjiriga ќo'shilishi mumkin. Detrit zanjirlari yaylov zanjirlariga ќaraganda kamroќ o'rganilgan. Biroќ energiya oќimi nuќtai nazaridan ќaralganda ularning aћamiyati yaylov zanjiriga nisbatan ko'p bo'lsa ko'p, oz emas. 
Agar ekosistema stabil (o'zgarmaydigan) bo'lsa, unda umumiy biomassaning ћajmi ko'paymaydi. Ya'ni, yilning boshida ќancha bo'lsa, oxirida ћam shunchaligicha ќoladi. Bu ћolatda birlamchi maћsulotda bo'lgan ћamma energiya ћar xil trofik darajadagi organizmlardan o'tadi va natijada uning toza maћsuldorligi nolga teng bo'ladi. 
Ko'pincha ekosistemalar o'zgarib turadi. Masalan, yosh o'rmonlarda o'simliklar vegetatsiya davrining oxiriga borib to'plangan energiyaning bir ќismi o'simliklar biomassasining ortishiga olib keladi. O'simliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (baћor, yoz)da dastlabki maћsulot ko'p bo'ladi, ikkilamchi maћsulotning ortishi esa keyinroќ kuzatiladi. 
Ekosistemaga tushuvchi energiya oќimlaridan foydalanib, inson uchun kerak bo'lgan energiya va ovќat manbaini ko'paytirishda foydalanish mumkin. 
Ilmiy analizlar yordamida o'simliklarni o'stirish, agrotexnik ќoida¬larni takomillashtirib ularni maћsuldorligini oshirish mum¬kin. Ћar bir trofik darajada energiya yo'ќolar ekan, demak ћamma nar¬sani is¬te'mol ќiluvchi (odamlarda ћam) organizmlar uchun ekosistema¬dan sama¬rador energiyani ajratib olish usuli - bu o'simliklar ћisoblanadi. Bi¬roќ, bu erda boshќa omillarni ћam e'tiborga olmaslik mumkin emas. Ma¬salan, ћayvonlar oќsilida ko'pincha almashtirib bo'lmaydigan aminokis¬lotalar bo'ladi. 
Bundan tashќari, o'simlik oќsillari ћayvon oќsiliga ќaraganda ќiy¬inroќ ћazm bo'ladi va pirovardida shuni aytish kerakki, bir ќancha eko¬si¬stemalarda madaniy ekinlarni parvarish ќilish va mo'l ћosil olish ќiyin bo'lganligi sababli, bu ekosistemalardagi ћayvonlar o'zlari uchun kerakli oziќani katta maydonlardan oladilar. Ana shunday eko¬sistema¬larga dasht, O'rta Osiyoning cho'l zonasi, buѓilar yashaydigan tun¬dra zona¬larini misol ќilib olish mumkin. 
2. Ekosistemaning ierarxik ќatorlari 
Ћozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, popylyatsiya, orga¬nizm, organ, ћujayra va genlar tashkil etib, bular ћayotning asosiy shakl¬larini belgilaydi. Bu biologik shakllar ierarxik tartibda yoki ќatorda joylashib kichik va katta sistemalarni ћosil ќiladi. Ierarxiya - Uebater luѓati bo'yicha birin - ketin ќator bo'lib joylashish ma'no¬sini bildi¬radi. Ana shunday ћar bir poѓona yoki daraja tashќi muћit ta'siri nati¬jasida o'ziga xos funktsional sistemani ћosil ќiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni o'rgatadi. 
3. Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik 
organizmlar ekosistemaning asosiy ќismi: avtotroflar
geterotroflar, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar.
Fizik muћit 
Populyatsiya atamasi bu ma'lum bir tur individlarining guruћini bildirsa, jamoa atamasi deb esa (biotik jamoa) ma'lum bir ћududni egallagan populyatsiyalar yiѓindisiga aytiladi. Tirik jamoa va noti¬rik tabiat bir-biri bilan uzviy boѓlangan bo'lib, ular birgalikda eko¬logik sistema (ekosistema)ni ћosil ќiladilar. Biotsenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik ќismi bo'lib ћisoblanadi. Biom - bu katta re¬gional subkontinental biosistema bo'lib, u ќandaydir bitta o'simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshќa o'ziga xos xususiyati bilan xarak¬terlanadi. Masalan, mo''tadil iќlim sharoitidagi keng bargli o'rmonlar biomi yoki cho'l zonasidagi ќumli o'simliklar biomi va ћokazo. Ekolo¬giyada ќo'llanadigan eng katta biologik sistemalarga bio¬sfera yoki eko¬sfera kiradi. Biosfera - bu er yuzining barcha tirik orga¬nizmlar yashay¬digan ќismi ћisoblanadi. Dunyoda ќuyidagi biomlar uch¬raydi: 
1. Namli tropik biomlari. Bu zonaning iќlimi yil bo'yi issiќ va nam ko'p bo'lganligi sababli turli xil o'simliklar jamoasi va turlar¬ning o'sishi uchun ќulaydir. O'simliklari orasida ko'pchilikni lianalar (chirmashib, o'rmalab o'suvchi o'simliklar) tashkil etadi. Ko'pchilik mam¬la¬katlarning tropik o'rmonlarida (Panama, Indoneziya, Braziliya) epi¬fet¬lar juda ko'p uchraydi. Bu zonada o'suvchi daraxt o'simliklarning il¬diz¬lari ko'pincha tuproќ yuzasiga yaќin joylashgan bo'lib, doskasimon shaklda bo'ladi. Tropik mintaќa turlarga juda boy bo'lib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 43 ming o'simlik turi o'sadi. Bu mintaќalarda er yuzasidan balandlikka ko'tarilgan sari ћar 1000 metrda ћarorat 6 °S pa¬sayib bo¬radi. Shuning uchun toѓli tropik mintaќalarda iќlimi sovuќ, doimo sha¬mol esib turadi. Demak, o'simlik turlari ћam borgan sari ka¬mayib bo¬radi. Masalan, Kolumbiyaning eng baland toѓlik mintaќasi Andada tax¬minan 4000 m balandlikda joylashgan bo'lib, yil bo'yi ћarorat o'rtacha 5 °S orasida bo'ladi. Shu sababli bu erlarda o'simlik turlari va ularning ћayotiy shakllari juda kam miќdorda uchraydi. Bor o'simliklar ћam kar¬lik shakldadir. 
2. Subtropik cho'llar. Bu mintaќaning yozi issiќ va ќuruќ bo'lib er sharining ekvatordan shimolga va janubga tomon joylashgan 30 °S keng¬likni ishѓol etadi. 
Bu mintaќada shu iќlim sharoitiga moslashgan kamdan - kam o'simlik va ћayvon turlari o'sadi va yashaydi. Agar namli tropik iќlim sharoi¬tida organizmlarning yashashi uchun chegaralovchi omil yoruѓlik va oziќ modda¬lar bo'lgan bo'lsa, subtropik cho'l mintaќalarda esa namlikdir. Bu erlarda o'suvchi kaktuslarda ќurѓoќchilikka moslashuvchi belgilaridan biri bu barglari tikanlarga aylanganligidir. Bu esa suvni kam buѓlantiradi va o'simliklarni ћayvonlardan asraydi. Bu mintaќaning xarakterli o'sim¬liklaridan biri gigant kaktuslardan (Meksikada) Sa¬guara va daraxtsi¬mon yukkalardir (Kaliforniya va Moxave cho'llarida ko'p o'sadi). 
3. Mo''tadil iќlim mintaќasining o'rmonlari. Bu mintaќaning ќishi sovuќ, yozi iliќ bo'lib, yoѓingarchilik ko'p yoѓadi. Masalan, Rossiya¬ning o'rmon mintaќasida yillik yoѓinning miќdori 600 - 700 mm gacha boradi. Tuproѓi bo'z tuproќ. Bu mintaќada asosan ќaraѓay, el, pixta, dub, tiloѓoch, oќ ќayin, osina kabi o'simliklar o'sadi. Bu o'simliklardan tashkil topgan o'rmonlarni ikki ќismga bo'lish mumkin: 
Nina bargli va bargli o'rmonlar. Bargli o'rmonlar o'z navbatida keng va kichik bargli o'rmon o'simliklariga bo'linadi. Keng barglilarga dub, zirk, ќayraѓoch, lipa, yasin kiradi. Kichik barglilar esa oќ ќayin, osina¬dan iborat. 
Nina bargli o'rmonlar Rossiya o'rmonlarning 80 % ni tashkil etib, ularning asosiy ќismini ќaraѓay, el, tiloѓoch, pixtalar tashkil etadi. 
AЌShning Indiana shtatida oќ dub dominant bo'lib, uning ostida ќand zarangi va kichik butachalar o'sadi. Ѓarbiy Virgeniyada ќizil el da¬raxti keng bargli daraxtlar bilan birga o'sib aralash o'rmonlar zona¬sini ћosil ќiladi. Shimoliy AЌSh va Kanadada oќ ќayin, olxa, el, pixtadan ћosil bo'lgan o'rmonlar bo'lib, ular sovuќ iќlim mintaќasiga ћam kirib borgan. 
4. Mo''tadil dasht mintaќasi. Dasht deb kserofit xarakterda bo'lgan o'tsimon o'simliklardan tashkil topgan zich o'tloќlarga aytiladi. Dasht mintaќasining ќishi sovuќ, yozi ќuruќ bo'ladi. Iќlim sharoiti turlicha o'rtacha yillik ћarorat 3,0-7,5 °S, Janubiy rayonlarda esa 10 °S gacha bo¬radi. Ћavoning o'rtacha nisbiy namligi 57-67 % ni tashkil etadi. Yoѓinning yillik miќdori 250-500 mm bo'lib, shundan yoz oylarida 160-180 mm yoѓadi. Dasht mintaќasining tuproѓi ќora tuproќ, bu mintaќada o'simlik turlari boshќa tabiiy mintaќalarga nisbatan ko'p uchraydi. Chu¬nonchi, Shimoliy dasht mintaќasining ba'zi joylarida 1 m2 da 80 ga yaќin o'simlik turlari o'sadi. Bu mintaќada buta o'simliklardan dasht oluvo¬lisi, chala buta o'simliklardan bogorat o'ti, izen, astragalning ba'zi turlari, ikki va ko'p yillik o't o'simliklardan beda, kolokolchik¬lar, ne¬zabudkalar, no'xat, burchoќ, ќoќi, zupturum, mavrak, bo'tako'zning ba'zi turlari, ќo'ziќulok, kermek, giatsent, lola, boychechak, shafran va shu kabi boshќa xil o'simlik turlari o'sadi. 
5. Cho'llar mintaќasi. Bu mintaќaning iќlimi keskin kontenental bo'lib, sutkalik va yillik ћaroratlar juda o'zgarib turadi. Yozda ћarorat Q50 °S gacha etishi mumkin. Ќishi esa sovuќ bo'lib, janubda –30 °S, shi¬molda esa – 40 °S ga tushadi. Ћavoning o'rtacha namligi 52-61 % ni tashkil etadi. 
Yoz oylarida esa u 15-30 % gacha tushishi mumkin. Yillik yoѓinning miќdori 80 - 200 mm dir. Bu mintaќada o'simlik turlari kam o'sadi. 
E.P.Korovinning ћisobi bo'yicha bu mintaќada ћammasi bo'lib, 1600 ga yaќin o'simlik turlari o'sadi. 
Gil tuproќli cho'llarda chala buta o'simliklaridan shuvoќ, partek, efemer va efemeroidlardan ќo'nѓir bosh, yaltirbosh, zizifora (kiyik o'ti), ќashќar yo'nѓichќa, lola ќizѓaldoќlar, ko'p yillik monokarplardan kav¬raklar o'sadi. 
Gipsli (toshli) cho'llar - Ustyurt, Karsakboy, Betpakdala, Mangi ќish¬loќ, Ќoraќum, va Ќizilќum massivlarida joylashgan bo'lib, bu er¬larda shuvoќ, juzѓun, ќizilcha, rang, ilak, ќo'nѓirbosh va boshќalar o'sadi. 
Sho'rћok cho'llar - Markaziy Osiyoning anchagina ќismini egallagan bo'lib, ular asosan sho'r, sizot suvlari yuza joylashgan pastќam erlarda tarќalgan. Bu erlarda galofitlar, jumladan saksovul, yulѓun (tama¬riks), erman-shuvoќ, xaridondon, baliќ ko'z, seta, danasho'r kabi sho'raklar o'sadi. 
Ќumli cho'llar - Markaziy Osiyoning Ќizilќum va Ќoraќum massivla¬rini, Surxondaryo viloyatidagi Kattaќumni, Markaziy Farѓonadagi ki¬chikroќ ќum cho'l maydonlarini o'z ichiga oladi. Bu er¬larda psammofitlar o'sib, ularga oќ va ќora saksovul, ќuyon suyak, juzѓun, cherkez, ќizilcha, sin¬grenlar, shuvoќlar, ќo'nѓirboshlar, silen¬lar, ilaklar kiradi. 
6. Chuchuk suv o'simliklari. Chuchuk suv ћavzalari er yuzining nisbatan kichik ќismini egallasada, lekin ularda o'simlik turlari turli-tuman bo'ladi. Bu turli-tumanlik suvning oќish tezligiga (daryolarda), mine¬ral moddalarning tarkibiga, kislorod miќdoriga ћamda daryolar va ko'llarning katta kichikligiga ћam boѓliќdir. 
Chuќur ko'llar, suv tez oќuvchi daryolarda ko'pincha fitoplanktonlar va diatom suvo'tlari ko'p bo'lib, ular ko'pincha ќirѓoќlarni yupќa ќavat bilan ќoplab turadi. Suv ћavzalari sayoz va ћarakatsiz bo'lgan taќdirdagina o'simliklar suv yuzasiga chiќib o'sishi mumkin. Bunday o'simliklar jum¬lasiga giatsentlar, liliyalar kiradi. Ular o'zlari uchun kerak bo'lgan oziќ moddalarni to'ѓridan–to'ѓri suvdan oladilar, ildiz¬lari bilan emas. 
7. Artik tundra mintaќasi. Bu mintaќaning iќlimi niћoyatda sovuќ, ќishi uzun, yozi esa o'ta ќisќa bo'ladi. Doimo kuchli shamollar esib tur¬gan¬ligi uchun o'rtacha yillik ћarorat 0°Sdan past, ћatto yoz oylarida is¬siќlik 15-20°S dan oshmaydi. Yoѓinning o'rtacha bir yillik miќdori 200-300 mm ni tashkil etadi. Biroќ ќuyoshli kunlarning kam bo'lishi ћamda yozning ќisќaligi natijasida ortiќcha namlik ћosil bo'ladi. Ћavoning nisbiy namligi 80 % orasida. Tundra mintaќasining tuproѓi doimiy muzlikni ћosil ќiladi. Ћatto yoz oylarida ћam tuproќning 0,25-2 m chuќurligigacha muz eriydi, xolos. Yilning 280 kuni davomida er ќor bi¬lan ќoplanishiga ќaramay, bu iќlim mintaќasida 500 ga yaќin yuk¬sak o'simlik turlari o'sadi. 
Ularning ko'pchiligi ko'p yillik o't, chim ћosil ќiluvchi ћamda katta boshli o'simliklardir. Ko'pincha bu erlarda mox, lishaynik, pakana va doimiy yashil buta va chala butalar o'sadi. 
Ular jumlasiga bagulnik, pakana oќ ќayin (Betula nana), pakana tol¬lar, vodyanka, brusnika, moroshka, o't o'simliklardan ќiyoќlar, astra¬gal¬lar, ќirќbo'ѓim, ќo'nѓirbosh, belaus, lishayniklardan island lishay¬nigi, buѓi lishayniklari ko'p uchraydi. Tundra mintaќasining janu¬bida Sibr eli, Osina, oќ ќayin, olxa va shu kabi daraxtlar ћam o'sadi. 
Er kurrasi asosiy biomlarning maydoni, biomassasi va maћsuldorligi (T.A.Akilova, V.V.Xaskin, 1998 yil) 
№ Asosiy biomlar, 
Er ka¬te¬goriyalari Maydon, mln km2 Biomassa (ќu¬ruќ modda ћi¬sobida) Yillik maћsulot 
1 Tundra, o'rmon tundra 4,2 8,5 3,6 2,6 1,1 
2 Eriydigan va toѓli nina bargli o'rmonlar 12,2 127,0 162,0 7,9 10,1 
3 Bargli, nina bargli o'rmonlar 6,2 185,0 114,7 9,8 6,1 
4 Keng bargli o'rmonlar 7,6 240,0 182,4 11,0 8,4 
5 Subtropik o'rmonlar 5,3 382,0 202,5 16,4 8,7 
6 Namli tropik o'rmon 10,3 581,0 598,5 27,8 28,6 
7 Savanna, chapporel 6,2 68,0 42,2 9,1 5,6 
8 Dashtlar (preriy) 2,8 10,0 2,8 6,0 1,7 
9 Cho'llar 22,7 2,1 4,8 1,6 3,6 
10 Ћaydaladigan erlar 15,1 9,7 14,6 6,7 10,1 
11 O'zlashtiriladigan, ma¬daniy erlar 26,3 8,9 23,4 6,8 18,1 
12 Ќuruќlikdagi suvlar 2,4 0,3 0,1 0,7 0,2 
13 Ќurilish, yo'llar, toѓ ishlamalari 9,8 0 0 0 0 
14 Ќutblardagi toѓli muz¬lar 17,2 0 0 0 0 
Er yuzi ќuruќligi-jami 148,9 1352,2 102,2 
Okeanlar 361,1 7,8 (36) 
Ћammasi 510,0 1360,0 138,2 
Ekologik sistemada ћamma organizmlar oziќlanishiga va energiya ќabul ќilishiga ќarab ikki guruћga bo'linadi: Avtotroflar va getero¬troflar. Avtotroflar asosan o'simliklardan tashkil topgan bo'lib, ular fotosintez tufayli ќuyosh energiyasini o'zlashtirib oddiy anorga¬nik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Gete¬ro¬troflarga ћayvonlar, odamlar, zamburuѓlar, bakteriyalar kiradi. Ular tayyor organik modda bilan oziќlanadi va o'z ћayot faoliyati jarayo¬nida ularni oddiy birikmalargacha parchalaydi. Bu moddalar o'z navbatida tabi¬atga ќaytariladi va avtortoflar tomonidan yangi moddalar davriy ayla¬nishiga jalb ќilinadi. Biotsenoz ќuyidagi tarkibiy ќismlardan tashkil topgan: 
1) produtsentlar (ћosil ќiluvchilar); 
2) konsumentlar (iste'mol ќiluvchilar); 
3) redutsentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar). 
Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, ќuruќlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalar¬ning bir ќismi konsumentlar (o'txo'r ћayvonlar) tomonidan iste'mol ќili¬nadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r ћayvonlar va odamlar uchun oziќ ћisoblanadi. 
Redutsentlar ћam geterotroflar ћisoblanib, ular asosan mikroorga¬nizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida ћayvon va o'simliklarning ќoldiќlari (o'lik tanasi) parchalanib organik modda¬larga aylanadi, or¬ganik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha par¬chalaydi. Organik moddalarning ko'p ќismi darћol parchalanmaydi, yoѓoch, tuproќning orga¬nik ќismi, suvdagi cho'kmalar sifatida saќlanadi. Bu organik moddalar ko'p ming yillar davomida saќlanib, ќazilma yoќilѓiga (torf, ko'mir va neftga) aylanadi. Ћar yili erda fotosintez¬lovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaќin organik moddalarni sintez¬laydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko'ra sintezlanishi ќo'proќ bo'lishi natijasida atmosferada SO2 miќdori kamayib O2 miќdorining tobora ortib bori¬shiga sabab bo'lgan. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal ri¬vojlanishi natijasida bu jarayonning aksi ro'y berish xavfi paydo bo'lmoќda. Bu ћodisa sayyora iќlimining o'zgarishiga olib kelishi mum¬kin. 
Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling