Ekotizimlarning faoliyati


Ekologiyada moddalar tashkil topishining asosiy sathlari biogeotsenoz va biosfera bo’lishi mumkin


Download 309.5 Kb.
bet2/8
Sana23.01.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1113810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya hodisasi.

Ekologiyada moddalar tashkil topishining asosiy sathlari biogeotsenoz va biosfera bo’lishi mumkin.

Tarkibiy ierarxiyada uni joyi quyidagi sxemada keltirilgan (6.1 sxema).



6.1-rasm. Materiyaning tarkibiy tuzilishida ekotizimlarning holati


6.3 Ekotizimning vaqt va bushliqdagi chegarasi. Har qanday ekotizim ma‘lum bo’shliq va vaqt oralig’ida mavjud bo’ladi, ya‘ni vaqt va bo’shliqda o’zini boshlanishi va tugashiga ega bo’ladi. Yuqorida (I-bobda) qayd etilganidek, ekotizimlar o’lchamsizdir. Ularning chegarasi ma‘lum belgilariga nisbatan o’tkaziladi. Masalan sabzavot jo’yagi va gullar to’dasiga rejada har qanday shakl berishimiz mumkin, bunga qarama-qarshi biogeotsenoz o’lchamli kattalik bo’lib, mavujd tabiiy chegaralarga ega. Ekotizimlar chegarasi boshqa tabiiy ob‘ektlar singari gorizontal (maydon) va vertikal (balandlik) bo’yicha bo’ladi. Ekologiyada bunga afsuski kam e‘tibor berilmoqda. Geografiya, geologiyani xaritalash lozim bo’lganligi uchun bu chuqur o’rganilgan. N.L.Beruchashviliga (1990) kura chegara turlari quyidagilarga bo’linadi: aniq, agar o’tish qatorining kengligi tabiiy-xududiy majmuaga nisbatan ancha kichik bo’lsa; ketma-ket, agar o’tish qatorining kengligi tabiiy-xududiy majmuasi bilan barobar bo’lsa va ekoton – o’tish qatori bitta tabiiy-xududiy kompleksidan boshqasiga kesishsa, unda tabiiy-xududiy majmualar chegarasini aniqlash juda qiyin.
Xuddi shunday ekologiyada ekoton, ekotop yoki jamolar oralig’idagi o’tish mintaqasi bo’lib hisoblanadi. (Masalan, dengizdagi yumshoq va qattiq gruntlar orasidagi chiziq). Ekotonlar jamoasiga himoyalanuvchi jamoa turlarining katta qismi, ba‘zan esa faqat ekoton uchun tavsifli turlar kiradi. Ekotonda bo’lgan turlar soni va populyatsiyalar jamoasi ko’p hollarda uning ikki tomondagi ekotizimlardagidan ko’proq bo’ladi. Tirik organizmlar zichligi va xilma-xilliklarining ko’payish tendentsiyasi jamoalar chegarasida chetki effekt nomi bilan ma‘lum.




Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling