Ekotizimlarning faoliyati


Klimaks jamoalar (biotsenozlar)ni ularni mavjudlik sharoiti (biotopga) yoki hech bo’lmaganda joyning iqlimiga to’liq mos kelishi bilan tavsiflanadi (iqlimi klimaksi)


Download 199.5 Kb.
bet5/7
Sana24.01.2023
Hajmi199.5 Kb.
#1115037
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hayvonot dunyosining biosferadagi o’rni.

Klimaks jamoalar (biotsenozlar)ni ularni mavjudlik sharoiti (biotopga) yoki hech bo’lmaganda joyning iqlimiga to’liq mos kelishi bilan tavsiflanadi (iqlimi klimaksi).

Klimaks vaqtida suktsessiya rivojlanishi to’xtaydi yoki juda sekinlashadi.


Ko’p hollarda muhit sharoiti antropogen omil ta‘sirida kuchli buzilgandan, jamoa oxirgi davrida klimaksga erisha olmaydi, lekin shunga qaramasdan muvozanat holatgacha rivojlanadi (disklimaks holati). Bunday jamoalar tugunlar jamoasi deb nomlangan.
Tabiiy suktsessiya jamoaning uzi tomonidan boshqariladigan qonuniy jarayondir. Shunday qilib, klimaks davrida ma‘lum vaqt davomida tur tarkibi va faoliyatini saqlab qolgan barqaror jamoa shakllanadi.
Qoidaga ko’ra, jamoalarning (biotsenozlar) suktsessiyali almashinuvi aniq ketma-ketlikda ro’y beradi: masalan, tabiiy suktsessiya 6.4 sxemada ko’rsatilgan.
Boshlang’ich, oxirgi natija va omillar ta‘siriga bog’liq holda suktsissiya – autogenli, allogenli, birlamchi va boshqa shakllarga ajratiladi.
Autogen suktsessiya asosan ekotizimlarning o’zaro ichki harakat ta‘sirida aniqlanadi va uni o’zi paydo bo’luvchi suktsessiya deb yuritiladi. Allogenli suktsessiya ekotizimga kirishda tashqi kuchlar ta‘sirida (bo’ron yongin, vulqon otilishi);. Birlamchi suktsessiya oldin boshqa jamoalar bilan band qilinmagan hududlarda rivojlanadi (masalan, vulqon qoyalarida).



6.4-rasm. Mo’‘tadil iqlim sharoitida jamoalarning tabiiy suktsessiyasi.

Barcha suktsessiyalarni progressiv deb atash mumkin. Lekin ba‘zi hollarda, masalan, iqlim sharoiti harorat va namlik keskin o’zgarganda teskari yo’nalishda jamoalar almashinuvi ro’y beradi. Bunday suktsessiyalarni biz regressiv deb atashni taklif qilamiz.


Bunday suktsessiyaning (aniqrog’i paleosuktsessiyaning) tavsifli misoliga, shimoliy yarim sharning mu‘tadil mintakasida botqoqliklar qatlamiga ko’milgan daraxtlarni keltirish mumkin.
Suktsessiya jamoalar yo’q yoki muvozanatlashmagan jamoalar bor joylarda boshlanadi.
Bunday jamoalarda organik modda mahsuloti (P), nafas olish tezligidan (D) ko’p yoki kam. P(D bo’lganda boshlang’ich suktsessiya avtotrof, P(D bo’lgandagi suktsessiya esa geterotrof deb ataladi. Klimaks holatida P/D(1. Bu nisbat 1 dan qancha chetlashsa, ekotizim kamroq yetuk va beqaror bo’ladi.
6.9 O’zi-uzidan harakatda bulish va o’z-uzidan rivojlanish. Agar Yerda ekotizim faoliyati va hayot rivojlanishiga chetdan kimdir boshqarsa, bugun ekologiya va boshqalar inglizlar aytganidek bir pensga qimmat buladi.
Fanda to’plangan butun tajriba, tabiatda qandaydir birlamchi sabablarni talab qilmaydigan o’z-uzidan harakat mavjudligiga guvohlik beradiki, biz hech joyda harakatsiz tizim va hodisalarni topolmaymiz. Bruno ta‘kidlaganidek – agar biz yaxshilab o’ylab ko’rsak, kirib borish, qayta paydo bo’lish, qayta paydo bo’lish esa kirib borishdir (1949, 552- bet).




Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling