Ekotizimlarning faoliyati


Download 294 Kb.
bet7/7
Sana24.01.2023
Hajmi294 Kb.
#1115138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biosfera tushunchasi. I.V.Vernadskiy ta’limoti. Noosfera.

O’zini uzi boshqarish deganda, gomeostazga olib keluvchi, ekotizimlar ichidagi o’zaro aloqalarning tabiiy o’zini uzi tashkil etishi tushuniladi (ichki dinamik muvozanati)

O’zini uzi boshqarish (ularga mos keluvchi o’zini uzi rostlash shakli): konsortsiyaviy, organizmli, populyatsiyali uchta asosiy shakllarga ajratiladi.


Konsortsiyaviy shaklning xususiyati shundaki, markazdagi ob‘ekt doimo o’zgaruvchi bo’lib, bevosita yoki bilvosita chekka ob‘ektlarga ta‘sir kiladi. Bunday markaziy ob‘ektlarga o’sayotgan yoki quriyotgan daraxtni misol qilish mumkin, chunki rivojlanish yoki nobud bo’lishning har bir davri undagi hayvonot, o’simlik va mikroblar o’zgarishiga olib keladi. Markaziy ob‘ekt sifatida konsortsiya yadrosi qabul qilingan.
Hozirgi davrda konsortsiya uch xil turga bo’linadi. Birinchisi – shaxsiy konsortsiya – uning yadrosi bitta tur (osob) – ikkinchisi – populyatsiyali – populyatsiya – yoki butun tur, uchinchisi – sinuzial – bitta ekobiomorfga ega turlar. Bunda ekobiomorf yoki ekomorfa deganda, jamoalarda ekologik-fiziologik, biologik, morfologik o’xshash tomonlarga ega bo’lgan turlar yig’indisi tushuniladi.
Igna bargli jinslar ekobiomorfga misol bo’lishi mumkin.
Organizmli boshqarish to’la yoki qisman markazdagi boshqaruvchilarning bir yoki ko’p komandasi vositasida amalga oshiriladi (miya, ichki sekretsiya va boshk.). O’zini uzi boshqarishning populyatsiyaviy shakli bir tomondan uni tuzuvchilarning har xil sifatiga, tashqi muhit ta‘sirida tanlanishiga, boshqa tomondan tizimning o’zini ichki o’zaro ta‘siriga asoslangan (masalan: tabiiy tanlanish) buladi
Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling