EKS-2-22 GURUH TALABASI
Akbarov Nomonjon Nazirjon o`g`li
Mavzu: Sizningcha har bir kasbda o'ziga xos etika mavjud bo'lish kerakmi yoki umum e'tirof etilgan meyorlar bo'lishi yetarlimi?
Avvalambor kasb etikasi haqida tushuncha beraylik.
“Kasb etikasi” – bu odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o`zaro munosabatlarning axloqiy xarakterini ta`minlaydigan qonuniyatlardir. Bunday qonuniyatlarni kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo`nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabarlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi. Kasb etikasi umumiy bo`lishiga qaramay har bir kasbiy faoliyatni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.
Masalan, hammamiz mijoz sifatida kichik do`kon yoki supermarketga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo`lishlariga e`tabor qaratamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqa joyda uning qo`pollik bilan muomala qilishini guvohi bo`lamiz. Ishchi xodim ishga kirayotgan jarayonda unga odob-axloq qoidalari tushintiriladi va mijozlarga kulib muomala qilish uqtiriladi.
Yana bir misol, tibbiyot hodimi o`z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning sog`ligi uchun kurashishi va kerak bo`lsa, o`zini ham ayamasligi zarur. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkor qilmaslik, hayot uchun muhim bo`lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta`minlash, genetik nazorat tajribalarini o`tkazish kabi masalalar kiradi.
Demak xulosa qilib aytadigan bo`lsak, har bir kasbda o'ziga xos etika mavjud bo'lish va odob-axloq meyorlarni ham belgilash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |