Ekskavatorlarning elektr yuritmalariga qo’yiladigan talablar. Reja
Download 8.35 Kb.
|
17-maruzaEKSKAVATORLARNING ELEKTR YURITMALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
EKSKAVATORLARNING ELEKTR YURITMALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR. Reja: Ekskavatorlar mexanizmlarining elektr yuritmalari; Ekskavatorli tavsif. Tayanch so’z va iboralar: kurak-ekskavatorning aylanish mexanizmi, motor inersiya momenti, ekskavatorli tavsif, to’ldirilish koeffisiyenti. Odatda ekskavatorlar yuklanmalari keskin o’zgaruvli, yuqori changlikli, harorat va namlanishlari ko’p o’zgaradigan va barcha jihozlari tebranishlar ta’sirida bo’ladigan og’ir sharoitlarda ishlovchi mashinalardir. Shuning uchun ularning elektr jihozlariga yuqori talablar qo’yiladi. Masalan, kurak-ekskavatorning aylanish mexanizmi motor inersiya momentidan bir necha marta katta bo’lgan yuqori keltirilgan inersiya momentiga ega bo’lib, ishga tushirish, revers va tormozlash kabi o’tkinchi jarayonlarda ishlaydi. Shu turdagi mexanizm elektr yuritmasiga qo’yiladigan asosiy talab – bu o’tkinchi jarayonlarni silliq, imkon qadar kichik vaqtda va cheklangan tezlanishda o’tishligini ta'minlash. Elektr yuritmaning momentini talab etilgan chegaralarda cheklanishini ta'minlash maxsus mexanik tavsifni yaratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tavsifning shakli yuritma momentini talab etilgan chegaralarda cheklanishini ta'minlashi va ishchi yuklanmalarda mexanizmning yuqori samaradorligini ta'minlashi kerak. Bunday tavsif ekskavatorli tavsif deb nomlanadi va uning ko’rinishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan. Tavsifdagi momentning eng katta qiymati to’xtash (stopor) momenti. Mexanik tavsif va koordinata o’qlari orasidagi shaklning satxi elektr yuritmaning quvatiga mos bo’lib, mashina samaradorligi darajasini ko’rsatadi. Ekskavatorli tavsifni sifati to’ldirilish koeffisiyenti bilan belgilanadi. 1-rasm. Ekskavatorli tavsif. To’ldirilish koeffisiyentining qiymati mexanik tavsif va koordinata o’qlari orasidagi shaklning satxi va quyidagi to’rtburchak satxiga nisbati orqali hisoblanadi: . Ushbu to’ldirilish koeffisiyentining qiymati kanchalik birga yaqin bo’lsa shunchalik ekskavator elektr yuritma samaradorligini ta'minlaydi. Odatda to’ldirilish koeffisiyentining qiymati kurak-ekskavatorlar uchun 0,7-0,8 va ekskavator- draglaynlarda esa 0,8- 0,9 teng bo’ladi. Umuman olganda ekskavator turidagi mexanizmlar uchun to’xtash momenti nominal momentidan 2-2,5 barobar katta bo’ladi. Download 8.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling