Ekskursiya xizmatlarini tayyorlash texnologiyasi
Download 43.5 Kb.
|
Kichik halqali hariflarni hariflar o\'rganishda ko\'rgazmali qurollardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiya maqsadlari
Kichik halqali hariflarni hariflar o'rganishda ko'rgazmali qurollardan foydalanish Ekskursiyani tayyorlash ekskursiyani tuzuvchilardan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ekskursiyani tayyorlash—bu shahar va hududlarning ekskursiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, turistik korxonaning doimiy mijozlari ehtiyojiga asoslangan holda, ekskursiyaga yangi mavzular ishlab chiqishdir. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni o`z ichida mavzuni aniqlash, ekskursiya maqsad va vazifalarini qo`yish, ob`ektlarni tanlash va o`rganish, ekskursiya marshrutlarini tuzish, ekskursiya mavzusi bo`yicha adabiy manbalarni o`rganish, mutaxassislar bilan konsultatsiyalar olib borish, ekskursiyaning asosiy matnini ( kontrolniy tekst) yozish, “gid portfeli”ni taxlash, ekskursiyani o`tkazish metodikasini tanlash va texnologik haritasini tuzishdan iboratdir. Ekskursiyani tayyorlash negizida pedagogik bilimning bosh prinsipi va talablari: o`qitish va tarbiyaning bog`liqligi, hikoyalarda ketma-ketlik, fikrlarning aniq va tushunarli bo`lishi, hissiyot, sayyohlar yoshi xususiyatlari hisobga olingan holda bo`lishi shart. Yangi ekskursiya mavzusini ishlab chiqishda 3-6 kishidan iborat ijodiy guruh (gidlar) yig`iladi. Ular orasidan rahbar tanlanadi. Ijodiy guruhning har bir a`zosi o`z g`oyalari, materiallarini taqdim etadi va bu materiallar umumlashtiriladi. Har bir ekskursiya o`zining aniq mavzusiga ega va shu mavzu asosida namoyish va hikoyalar tayyorlanadi. Ayniqsa, bu ko`p mazmunli ob`ektlar namoyishida muhimdir. Chunki bitta ob`ektni har xil mavzularda yoritish mumkin. Ekskursiya mavzusi shahar arxitekturasi, ijodkor hayoti, ko`cha tarixi, ekologik ahvol, hayvonot olami, shaharning iqtisodiyoti va hokazo bo`lishi mumkin. Ekskursiya nomi (nomlanishi) ham uning mazmunini ochib beradi(Moviy gumbaz ostida, Sharq taronasi-qalb durdonasi, Marg`ilon- 2000 yoshda). Ekskursiya nomini belgilayotganda qo`yidagilarga yo`l qo`ymaslik kerak: so`zlarni qisqartirmaslik, abbreviaturalardan, xorijiy leksikonlardan olingan so`zlardan foydalanmaslik. Ekskursiya nomi o`zining individualligi, tez yodda qolishi, yoqimli eshitilishi, mazmunga to`g`ri kelishi bilan ajralib turishi kerak. Oldindan maqsad belgilamay ekskursiyani tayyorlash mumkin emas. Ekskursiya maqsadlari – vatanparvarlik, mehnatni sharaflash, estetik va ekologik tarbiya, shahar tarixi va davlat iqtisodiyotiga qo`shgan hissasini o`rganish, o`lka tabiati bilan tanishish va boshqalar bo`lishi mumkin. Ekskursiyaga uchtadan ziyod maqsad qo`yish noto`g`ri bo`ladi, chunki hech qaysisiga erishmaslik mumkin. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling